Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnikum o‘quvchilari tarixiy meros bilan yaqindan tanishdilar

Joriy yilning 19-mart kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida texnikum o‘quvchilari hamda yoshlar yetakchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar va zamonaviy ekspozitsiyalar bilan tanishib, ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosidan chuqur taassurot oldilar.

Mazkur tashrif yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤6👍5👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌺 Namangan davlat texnika universitetida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostidagi bayram sayli o’tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏767❤746🤩720👍711🔥695
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni tabrikladi.

“Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt olib kelsin!
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥3
Yangi O‘zbekiston mamlakatimiz yoshlari uchun yuksak parvozlar, katta-katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Har bir yo‘nalishda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bo‘lmoqda. Mana shunday bilimli, jo‘shqin va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.

“Aziz farzandlarim, bugun Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf sizlarga nasib etmoqda. Qancha-qancha ajdodlarimiz intilib yashagan shu buyuk orzuni ro‘yobga chiqarishga sizlar, shubhasiz, qodirsiz.

Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir.

Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi!

Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!
”

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6
#tanlov #Olima_ayollar

“Olima ayollar” ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanlovida qatnashing!

Tanlov xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi real muammolarga innovatsion yechimlar topishni maqsad qilgan.

Saralash natijasida 18 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan loyihalar moliyalashtiriladi.

Taqdim etiladigan loyihalarning ijro muddati 1 yilgacha, umumiy qiymati esa 2000 BHMdan oshmasligi lozim.

Shuningdek, ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi lozim.


Loyiha talabnomalari 2026-yil 17-aprel soat 23:55 ga qadar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi — loyiha.ilmiy.uz orqali faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Arizalar ScienceID identifikatsiyasiga ega loyiha rahbarlari tomonidan yuborilishi va ijrochi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun +99871 203-32-23 (ichki: 211, 219, 413, 425, 246) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Navroʻz saylida bayram shukuhi!

Guliston shahrida Navroʻz saylida ko‘tarinki kayfiyat hukm surmoqda.


🌱Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi ham ushbu sayilda faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🔥4🎉2
Andijonda Navro‘z saylida Turkiyaning Hatay viloyatidan kelgan mehmonlar ishtirok etdi

Andijon viloyatining Yangi Andijon massivida joylashgan Bobur shahridagi “Ziyolilar bog‘i”da “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash” shiori ostida keng ko‘lamli bayram sayli bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbiriga Prezidentimizning qardosh Turkiya davlatiga tashrifi chog‘ida bildirgan taklifiga binoan Turkiyaning Hatay viloyatidan hokim o‘rinbosari Mehmet Tural boshchiligida 200 ga yaqin delegatsiya a'zolari tashrif buyurdilar.

Mehmonlar viloyatdagi turli tashkilotlar, jumladan oliy ta’lim muassasalari pavilyonlari qatorida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti pavilyonida milliy taomlarimiz, milliy o‘yinlarimiz, milliy liboslarimiz hamda kuy-qo‘shiqlarimizdan bahramand bo‘ldilar.


Navroʻz bayrami dunyoning qator mamlakatlarida nishonlanadi va u turli xalqlarni umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi qadimiy anʼana hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏7🔥3🥰2🎉1
#Navruz_shukuhi#dayjest#Xorazm

🌱🌱Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari viloyatda o‘tkazilgan Navro‘z shodiyonalarida faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni keng targ‘ib etdi.

Har bir oliygoh tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar, badiiy chiqishlar hamda ijodiy namoyishlar viloyat ahli e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍8🎉1