Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_anjuman

Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar

Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil 26–27-mart kunlari “Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq yetuk olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Batafsil: https://samdpi.uz/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
Toshkentda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialining 20 yilligi tantanali nishonlandi

28-mart kuni M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filialining 20 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti Shavkat Ayupov hamda mamlakatimiz va xorijdagi qator oliygohlar va nufuzli tashkilotlar rahbarlari, ilmiy jamoatchilik va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbir doirasida talabalar va sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi, shuningdek, filialning fidoyi xodimlari yubiley munosabati bilan taqdirlandi. Shuningdek, daraxt ekish aksiyasi va zamonaviy tennis kortining ochilishi boʻlib oʻtdi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/147082

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5🔥1
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!

📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!

O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!


📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:


🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro

🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!

Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!

📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz

⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!

Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
Edu.uz pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QadriyatFestivali #Videolavha

Qarshi davlat universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan "Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!" bosh g‘oyasi asosida "Milliy liboslar va qadriyatlar" festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida har bir fakultet o‘z pavilonlarida milliy urf-odatlar, liboslar, xalq o‘yinlari va taomlarini mahorat bilan namoyish etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍8
“Talaba – yugur” sport musobaqasi: sog‘lom turmush tarziga yo‘l

Bugun, 29-mart kuni Nukus shahrida "Silk Road Nukus", "Talaba Yugur", Inson uchun va Kids Run bolalar ishtirokida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafonning taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish hamda ijtimoiy faollikni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishdi.

Talabalar musobaqa davomida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi va g‘alabaga intilishini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar hamda eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6