Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Yevropa Parlamenti a’zolaridan iborat nufuzli delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga ta’lim jarayonlari, madaniy merosni saqlash va rivojlantirish borasidagi izlanishlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi grantlari asosida amalga oshirilayotgan akademik mobillik, tajriba almashinuv va innovatsion o‘quv dasturlari haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolarini, ayniqsa, universitetning xalqaro maydondagi faol pozitsiyasi, yoshlarni jahon ta’lim makoniga integratsiya qilishdagi tizimli yondashuvi va Erasmus+ loyihalari orqali erishilgan amaliy natijalari katta taassurot qoldirdi.

Tashrifning alohida e’tiborga molik bo‘lgan qismi – Yevropa Parlamenti a’zolari va universitet talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq suhbat bo‘ldi. Talabalar parlament faoliyati, O‘zbekiston bilan hamkorlikning strategik yo‘nalishlari, xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍4
#OfitserlarTayyorlash

Toshkentda oliy ta’lim muassasalarida rezerv va zaxira ofitserlarni tayyorlash tizimi o‘rganildi


31-mart kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashga oid qismi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ijro etilishi holati muhokama qilindi.

Majlisda ta’kidlanganidek, mamlakat mudofaa salohiyatini oshirish, harbiy harakatlar davrida qo‘shinlarni malakali komandirlar bilan to‘ldirish, harbiy hisob ixtisosliklarini mustahkamlash va zamonaviy qurol-aslahalarni boshqara oladigan ofitserlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogik universiteti Harbiy ta’lim fakultetida amaldagi qonunchilikka muvofiq 33 ta yo‘nalish bo‘yicha 1 068 nafar rezerv va zaxira ofitser tayyorlanmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/148178

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
#dayjest

Talabalar hayotini yanada yaxshilash, ularning muammolarini yaqindan o‘rganish va takliflarini eshitish maqsadida “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi barcha oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilmoqda.

➖ Buxoro davlat texnika universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ O'zMU Jizzax filiali;

➖ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Olmaliq davlat texnika instituti;

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti;

➖ Andijon davlat pedagogika instituti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖ Samarqand davlat chet tillar instituti;

➖ Farg'ona davlat texnika universiteti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ Guliston davlat universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍7🔥1🤔1