Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Amaliyot: talabalar chigit ekish jarayonida tajriba orttirmoqdalar

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 3-bosqich talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyoti tashkil etilib, ular Andijon tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida chigit ekish ishlarida ishtirok etdilar.

Amaliyot davomida talabalar yer tayyorlash, ekish agregatlarini sozlash, ekish me’yorlarini belgilash, urug‘ sarfini nazorat qilish hamda ekish sifatini baholash kabi jarayonlarni amaliy jihatdan o‘zlashtirdilar. Shuningdek, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qildilar.

Dala sharoitida texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda ishlarni tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish va agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish bo‘yicha amaliy tajriba orttirildi. Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Shu bilan birga, institutning barcha talabalari o‘z yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotlarini olib bormoqdalar.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍10😁7🔥3🤔1
#Muhandislik_oyligi #Kelajak_muhandislari

“Muhandislik oyligi – 2026” — innovatsiya, texnologiya va yoshlarni birlashtirgan manzil!

Bugundan start olgan “Muhandislik oyligi – 2026” yoshlarni ilm-fan va texnologiyalarga keng jalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.

Oylik doirasida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” musobaqalari yuqori saviyada, keskin raqobat asnosida qizg'in kechmoqda.

Shuningdek, oliygohlarda:
🔹 innovatsion tanlov va xakatonlar;
🔹 muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmalari;
🔹 startaplar taqdimotlari;
🔹 mahorat darslari;
🔹 xalqaro ekspertlar ishtirokidagi ochiq leksiyalar tashkil etildi.


Ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, ularning real loyihalar ustida ishlashiga keng imkoniyat yaratadi.

🚀 Ayniqsa, dron reysing va robototexnika musobaqalari o‘quvchi-yoshlarning texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirdi.

Eng qizg'in tadbir va bellashuvlar esa oldinda! Aprel oyi davomida 30 dan ortiq oliygohlarda robototexnika, dron texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda tanlov va musobaqalar tashkil etiladi.

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤1
“Milliy tanlov” yuzasidan muhim yangilik!


🏷“Besh million sun'iy intellekt yetakchilari” Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Milliy tanlov” natijalari e’lon qilindi!

⚜️“Milliy tanlov”da 2025-yilda eng yuqori natijaga erishgan “Eng faol ishtirokchi”, “Eng faol oliy ta'lim tashkiloti”, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” hamda “Eng faol maktab” yo‘nalish g‘oliblari aniqlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
❤‍🔥❤‍🔥❤‍🔥 💜💜💜 💛💛💛

1-yo‘nalish:

“Eng faol ishtirokchi” yoʻnalishida gʻolib talabalar aniqlandi
.


⚜Ularga qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

✅Sovrindor talabalar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:

➡Talabalar ro‘yxati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🎉2
❤‍🔥❤‍🔥❤‍🔥 💜💜💜 💛💛💛

4-yo‘nalish:

“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida gʻoliblar aniqlandi


⬇Gʻolib deb topilgan oliy ta’lim muassasalari:

➡Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 mln soʻm,
➡Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln soʻm,
➡Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤7