“ToshTech”da taʼlim islohotlari va yangi loyihalar muhokama qilindi
3-aprel kuni “ToshTech” texnika universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilxom Sirojev tashrif buyurdi. Tadbirda shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov hamda Boston Consulting Group konsalting kompaniyasining mintaqaviy ofisi rahbarlari ishtirok etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149837
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Tashrif doirasida universitetni Markaziy Osiyoning yetakchi texnologik oliy taʼlim muassasasiga aylantirish, 2040-yilga qadar dunyoning eng yaxshi 100 ta yosh universiteti qatoriga kiritish hamda ilgʻor muhandislik tadqiqotlari markazlarini tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan strategik rejalar taqdim etildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149837
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤18😁6🔥5
Talabalar sportiga qaratilgan yana bir yirik loyihaga start berildi!
Bugun, 6-aprel kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik loyiha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Marosimda Prezident Administratsiyasi vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, shuningdek, OTM rektorlari, sport federatsiyalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar yoshlarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etishdi. Xususan, ushbu olimpiada nafaqat talaba-yoshlar, balki butun jamiyatda ommaviy sportga va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yana bir pog‘onaga oshirishi ta’kidlandi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/150130
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4🔥2👏2