#eʼlon_seminar
2026-yil 8-aprel kuni soat 16:00 da Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligida “Oliy taʼlim tashkilotlari huzurida jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish” mavzusida amaliy seminar tashkil etiladi.
Tadbirda vazirlik rahbariyati, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, soha mutaxassislari, oliy taʼlim tashkilotlarida yoʻnalishga masʼul boʻlgan xodimlar ishtirok etadi.
Seminar davomida bugungi kunda oliygohlar huzurida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, kengashlar faoliyatini ochiq va samarali tashkil etish borasida mutaxassislar tomonidan muhim maʼlumotlar beriladi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻrtasida mavzu yuzasidan oʻzaro tajriba va fikr almashinuvlari boʻlib oʻtadi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlari huzurida jamoatchilik kengashi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar
2026-yil 8-aprel kuni soat 16:00 da Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligida “Oliy taʼlim tashkilotlari huzurida jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish” mavzusida amaliy seminar tashkil etiladi.
Tadbirda vazirlik rahbariyati, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, soha mutaxassislari, oliy taʼlim tashkilotlarida yoʻnalishga masʼul boʻlgan xodimlar ishtirok etadi.
Seminar davomida bugungi kunda oliygohlar huzurida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, kengashlar faoliyatini ochiq va samarali tashkil etish borasida mutaxassislar tomonidan muhim maʼlumotlar beriladi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻrtasida mavzu yuzasidan oʻzaro tajriba va fikr almashinuvlari boʻlib oʻtadi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TATU – Samarqand baynalmilal forumi bo'lib o‘tdi
Samarqand shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari hamda 20 dan ziyod davlatlardan tashrif buyurgan xorijiy talabalar ishtirokida “Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — yorqin kelajak!” shiori ostida TATU – Samarqand baynalmilal forumi yuqori saviyada tashkil etildi.
Batafsil
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Samarqand shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari hamda 20 dan ziyod davlatlardan tashrif buyurgan xorijiy talabalar ishtirokida “Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — yorqin kelajak!” shiori ostida TATU – Samarqand baynalmilal forumi yuqori saviyada tashkil etildi.
Forum doirasida talabalarning innovatsion startap ishlanmalari ko‘rgazmasi, sport va intellektual musobaqalar, “Rektor va yoshlar uchrashuvi”, madaniy tadbirlar hamda Samarqandning tarixiy maskanlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
Mazkur forum yoshlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilm-fan, sport va innovatsiyalar yo‘nalishida yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Batafsil
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3🤩2
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida sport yo‘nalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi, federatsiyalar bilan hamkorlik, iqtidorli talabaga individual murabbiy biriktirish sustligi qayd etildi.
Ayrim oliygohlarda sport sohasi bo‘yicha yaxshi tajribalar bor. Masalan, Termiz davlat universiteti 4 ta klub tashkil qilib, 5 ming talabani 18 ta sport turiga qamrab oldi. Talabalar o‘tgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medal oldi. Oliygohning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa 1-ligada qatnashyapti.
Lekin Jizzax politexnika, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universitetlarida 70 foiz talaba jismoniy normativ topshira olmagan. Bu ulardagi klublar “nomiga” ishlayotganini anglatadi.
Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini o‘rgatish va sport bo‘yicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.

1❤16👍6🔥1
Sportchilarni jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati bo‘yicha tekshiruvlar asosan xorijda o‘tkazilyapti. Federatsiyalar sport shifokori, farmakolog va dietologlarni yuqori maosh to‘lab, chetdan olib kelishga majbur bo‘lmoqda.
Sportchilardagi suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar bo‘yicha zamonaviy protokollar o‘zimizda joriy etilmayotgani, Travmatologiya, Kardiologiya, Terapiya markazlari federatsiyalar bilan hamkorlik qilmasligi bo‘yicha e’tiroz bildirildi.
Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi. Har oyda terma jamoa a’zolarining sog‘lig‘ini diagnostika qiladi, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchining jismoniy yuklamasini ilmiy tahlil qilib, murabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi.
Yangi o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot universitetida sport dietologi, fiziologiya, psixologiya bo‘yicha, Farmatsevtika institutida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Olimpiya shaharchasidagi Sport tibbiyoti ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanadi.
Shuningdek, mutasaddilarga sport mahsulotlarini mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.

👍10❤2
Har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan shug‘ullanishi uchun o‘zi namuna bo‘lib, sharoitlarni kengaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi. Agar sport zali bo‘lmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish, kamida 4 ta sport turi bo‘yicha yiliga 2 marta musobaqa tashkil qilib, g‘oliblarni taqdirlash topshirildi.
Joriy yildan boshlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida respublika birinchiliklari o‘tkazilishi belgilandi.
Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Tadbirkorlar o‘z ishchi-xodimlari uchun sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda solig‘i bazasidan chegiriladi, jalb qilingan trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.

👍10❤1
“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi.
Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi.
Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi.
Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.
Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.
Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

👍13❤5👏2
🔝 Startap jamoangizni biz bilan yig‘ing!
Endilikda startapingiz uchun munosib jamoa a’zolarini @startupperuzbot orqali topishingiz mumkin.
Bot sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Fursatni boy bermang, botdan hoziroq foydalanib ko‘ring va jamoangizni shakllantirishni boshlang!
👉 @startupperuzbot
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🥰1🎉1
#talabalar_yutugʻi
Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy bosqichda g‘olib bo‘lgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat NazarX jamoasi Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazilgan xalqaro final bosqichida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Ushbu natija bilan jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Fransiyada o‘tgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida o‘zbekistonlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy bosqichda g‘olib bo‘lgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat NazarX jamoasi Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazilgan xalqaro final bosqichida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mazkur nufuzli xakatonda dunyoning 23 davlatidan jami 391 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqaning dastlabki bosqichida jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda o‘z loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. O‘zbekiston jamoasi o‘z guruhida Tayvan, Fransiya, Qozog‘iston va Marokash vakillari bilan bellashib, yuqori natijalar qayd etdi hamda guruh g‘olibi sifatida yarim finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Yarim final natijalariga ko‘ra, NazarX jamoasi o‘z guruhida yetakchilikni qo‘lga kiritib, Grand final bosqichiga yo‘l oldi. Finalda eng kuchli 5 ta jamoa ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan modulli sun’iy yo‘ldosh loyihasi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, mamlakatimiz yoshlarining kosmik texnologiyalar, muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini yaqqol namoyon etdi.
Ushbu natija bilan jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤7👏7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amir Temur nomida...” – bilimingizni sinab koʻring!
Amir Temur nomi bilan bogʻliq manzillar hamda muhim voqealar boʻyicha qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi. Siz bu ma’lumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini toping!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤6
#Amir_Temur #690_yilligi
⚔️Ayni kunlarda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda va ilm-fan homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, zakovat o‘yinlari, teatrlahtirilgan sahna ko‘rinishlari tashkil etilmoqda.
🟢 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;🟢 Shahrisabz davlat pedagogika instituti;🟢 Toshkent kimyo-texnologiya instituti;🟢 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;🟢 Samarqand davlat pedagogika instituti;🟢 Jizzax davlat pedagogika universiteti;🟢 О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;🟢 Qoʻqon davlat universiteti;🟢 Guliston davlat universiteti;🟢 Namangan davlat pedagogika instituti;🟢 O‘zbekiston milliy universiteti;🟢 Farg‘ona davlat universiteti;🟢 Buxoro davlat universiteti;🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti;🟢 Buxoro davlat pedagogika instituti;🟢 Sarbon universiteti;🟢 Namangan davlat chet tillari instituti;🟢 Xalqaro innovatsion universitet;🟢 Renessans ta’lim universiteti;🟢 Qarshi davlat universiteti;🟢 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;🟢 Jizzax politexnika instituti;🟢 Toshkent davlat tibbiyot universiteti;🟢 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;🟢 Chirchiq davlat pedagogika universiteti;🟢 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;🟢 Turon universiteti;🟢 Urganch davlat pedagogika instituti;🟢 O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;🟢 SamDVMCHBU Nukus filiali;🟢 Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti🟢 Navoiy davlat universiteti;🟢 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;🟢 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;🟢 Nukus davlat pedagogika instituti.

👍13❤10