Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabalar_yutugʻi

Fransiyada o‘tgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida o‘zbekistonlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi


Uzcosmos agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy bosqichda g‘olib bo‘lgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat NazarX jamoasi Fransiyaning Bordo shahrida o‘tkazilgan xalqaro final bosqichida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Mazkur nufuzli xakatonda dunyoning 23 davlatidan jami 391 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqaning dastlabki bosqichida jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda o‘z loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. O‘zbekiston jamoasi o‘z guruhida Tayvan, Fransiya, Qozog‘iston va Marokash vakillari bilan bellashib, yuqori natijalar qayd etdi hamda guruh g‘olibi sifatida yarim finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Yarim final natijalariga ko‘ra, NazarX jamoasi o‘z guruhida yetakchilikni qo‘lga kiritib, Grand final bosqichiga yo‘l oldi. Finalda eng kuchli 5 ta jamoa ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan modulli sun’iy yo‘ldosh loyihasi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, mamlakatimiz yoshlarining kosmik texnologiyalar, muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini yaqqol namoyon etdi.


Ushbu natija bilan jamoa a’zolarini samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤7👏7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amir Temur nomida...” – bilimingizni sinab koʻring!


Amir Temur nomi bilan bogʻliq manzillar hamda muhim voqealar boʻyicha qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi. Siz bu ma’lumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini toping!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤6
🔹🔹🔹🔹
#Amir_Temur #690_yilligi

⚔️Ayni kunlarda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida buyuk davlat arbobi, yengilmas sarkarda va ilm-fan homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, zakovat o‘yinlari, teatrlahtirilgan sahna ko‘rinishlari tashkil etilmoqda.

🟢O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🟢Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
🟢Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
🟢Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
🟢Samarqand davlat pedagogika instituti;
🟢Jizzax davlat pedagogika universiteti;
🟢О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
🟢Qoʻqon davlat universiteti;
🟢Guliston davlat universiteti;
🟢Namangan davlat pedagogika instituti;
🟢O‘zbekiston milliy universiteti;
🟢Farg‘ona davlat universiteti;
🟢Buxoro davlat universiteti;
🟢Buxoro davlat tibbiyot instituti;
🟢Buxoro davlat pedagogika instituti;
🟢Sarbon universiteti;
🟢Namangan davlat chet tillari instituti;
🟢Xalqaro innovatsion universitet;
🟢Renessans ta’lim universiteti;
🟢Qarshi davlat universiteti;
🟢O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
🟢Jizzax politexnika instituti;
🟢Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
🟢Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
🟢Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
🟢Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
🟢Turon universiteti;
🟢Urganch davlat pedagogika instituti;
🟢O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;
🟢SamDVMCHBU Nukus filiali;
🟢Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
🟢Navoiy davlat universiteti;
🟢Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
🟢Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
🟢Nukus davlat pedagogika instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤10
#Vazir_kubogi #chim_ustida_xokkey

Talaba-qizlar oʻrtasida “Vazir kubogi”: yangi yoʻnalish — chim ustida xokkey musobaqalari boshlandi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari oʻrtasida chim ustida xokkey boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur nufuzli sport tadbiri 2026-yil 7–9-aprel kunlari Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida yuqori saviyada oʻtkazilmoqda .

Joriy yilda ushbu musobaqa dasturiga ilk bor chim ustida xokkey yoʻnalishi kiritilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mazkur sport turi tezkorlik, aniqlik va jamoaviy uygʻunlikni talab qilishi bilan yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Musobaqada respublika boʻylab 9 ta oliy taʼlim muassasasidan jamoalar ishtirok etib, 100 nafardan ortiq talaba-qizlar jalb etildi .


Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/151201

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁6❤2👍2
#Dayjest #Muhandislik_oyligi
#Oliygoh_kubogi

“Muhandislik oyligi” doirasida “Oliygoh kubogi” tanlovlari o‘tkazilmoqda

Tanlovlar sun’iy intellekt, robototexnika, dronlar, kiberxavfsizlik hamda 3D modellashtirish kabi zamonaviy yo‘nalishlarni qamrab olgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

📝Jizzax politexnika instituti;
📝Farg‘ona davlat texnika universiteti;
📝Toshkent davlat transport universiteti;
📝Toshkent axborot-texnologiyalar universiteti Samarqand filiali;
📝Buxoro davlat texnika universiteti;
📝Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
📝Milliy tadqiqot universiteti;
📝Olmaliq davlat texnika instituti;
📝Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
📝Buxoro davlat universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤6