Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest

🐴 Oliy ta’lim tashkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovning ilk saralash bosqichi mart-aprel oylarida respublikamizning barcha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazildi va keyingi bosqichlarda oliygoh sharafini himoya qiluvchi jamoalar aniqlab olindi.

🔹Toshkent davlat transport universiteti

🔹Termiz davlat universiteti

🔹Buxoro davlat universiteti

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

🔹Namangan davlat pedagogika instituti

🔹Andijon davlat pedagogika instituti

🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

🔹Termiz davlat pedagogika instituti

🔹Qo‘qon davlat universiteti

🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

🔹Navoiy davlat universiteti

🔹Jizzax davlat pedagogika universiteti

🔹Samarqand davlat pedagogika instituti

🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti

🔹Guliston davlat universiteti

🔹Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti

🔹Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

🔹Olmaliq davlat texnika instituti

🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

🔹Samarqand davlat tibbiyot universiteti

🔹Toshkent davlat texnika universiteti

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

🔹Milliy rassomlik va dizayn instituti

🔹Osiyo Xalqaro universiteti

🔹“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

🔹Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali

🔹Xalqaro innovatsion universiteti

🔹Guliston davlat pedagogika instituti

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

🔹Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

🔹Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti

🔹Jizzax politexnika instituti

🔹Samarqand davlat universiteti

🔹Andijon davlat chet tillari instituti

🔹Urganch davlat universiteti

🔹Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

🔹“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti


Eslatib o‘tamiz, tanlovning hududiy bosqichlari aprel-may oylarida tashkil etiladi va yakuniy final bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi. Final g‘oliblari esa noutbuk, planshet va smart televizor kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TerDUda sport muhiti: infratuzilma, yutuqlar va yangi marralar

Termiz davlat universitetida bugungi kunda 20 ga yaqin sport toʻgaragi va 4 ta klub faoliyat yuritib, talaba-yoshlarning jismoniy faolligi va sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Jami 18 ta sport inshooti (6 ta yopiq va 12 ta ochiq) talabalar ixtiyoriga topshirilgan boʻlib, ularni taʼmirlash va jihozlash ishlariga 4,7 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi. Bu esa mashgʻulotlarni yuqori saviyada tashkil etish imkonini bermoqda.

Universitet qoshida professional sport klublari ham faoliyat yuritmoqda. Jumladan, futbol, futzal va gandbol yoʻnalishlaridagi 4 ta klub samarali ish olib bormoqda. Eʼtiborli jihati, futbol jamoasi 1-ligada, gandbol va voleybol jamoalari esa mamlakat Oliy ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari ham salmoqli. Xalqaro musobaqalarda 18 ta (shundan 8 tasi oltin) medal, respublika bosqichida esa 291 ta medal qoʻlga kiritildi. Yuqori natijalarga erishgan sportchi talabalar 558 million soʻmlik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.

Shuningdek, universitetda nafaqat iqtidorli talabalar, balki mashhur sportchilar ham tahsil olmoqda. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov, shuningdek Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov kabi iqtidorli futbolchilar universitet talabalari safidan joy olgan. Bundan tashqari, mashgʻulotlarga xalqaro darajadagi mutaxassislar, jumladan, yapon dzyudo ustasi ham jalb etilgan.

Kelgusida universitetda sport yoʻnalishlarini yanada kengaytirish rejalashtirilgan. Xususan, Darband oʻquv-amaliyot bazasida kurash markazini tashkil etish, shuningdek yangi bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarini ochish orqali professional sport kadrlarini tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqish koʻzda tutilmoqda.


#TerDU #sport

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤5🔥3
Pokistondа “Study in Uzbekistan” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 3–8-aprel kunlari Pokiston Islom Respublikasida — Karachi va Islomobod shaharlarida “Pakistan Travel Mart” (PTM) xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning Pokistondagi turizm brendi elchisi Chaudxri Xamid Maxmud ishtirokida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan “Study in Uzbekistan” ta’lim ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151446

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10😁4👍3🥰3🤩2
#Mirziyoyev #yigilish #Toshkentviloyati #rejalar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤2