Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Pokistondа “Study in Uzbekistan” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 3–8-aprel kunlari Pokiston Islom Respublikasida — Karachi va Islomobod shaharlarida “Pakistan Travel Mart” (PTM) xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning Pokistondagi turizm brendi elchisi Chaudxri Xamid Maxmud ishtirokida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan “Study in Uzbekistan” ta’lim ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151446

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10😁4👍3🥰3🤩2
#Mirziyoyev #yigilish #Toshkentviloyati #rejalar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤2
#JamoatchilikKengashi #seminar

Oliy taʼlim tizimida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi


2026-yil 8-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Oliy taʼlim tashkilotlari huzurida jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda vazirning Tashkiliy-nazorat masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aziz Meliboyev, Feruza Rashidova boshchiligidagi vazirlik Jamoatchilik kengashi aʼzolari, Hakamlik sudi raisi Ulug‘murod Ernazarov, respublika oliy taʼlim tashkilotlari vakillari, sohada tajribaga ega mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – oliy taʼlim tizimida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, kengashlar faoliyatini mazmunan boyitish va ularning taʼsirchanligini oshirishdan iborat boʻldi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151443

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur #690_yilligi

Adolat va ulug‘vorlik timsoli: Sohibqiron – 690 yil!


Bugun, 9-aprel — buyuk bobomiz, yengilmas sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. 690 yil o‘tsa-da, Sohibqironning o‘gitlari bugungi kun yoshlari uchun haqiqiy mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu videoda bobomizning ilm va tafakkur haqidagi eng nodir o‘gitlari jonlangan.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni, birgina to‘g‘ri tadbir va ilm sohibi bo‘lgan kishi hal qilishi mumkin.


Biz — buyuk zotlar avlodimiz. Bizning kuchimiz — bilimimizda, g‘ayratimizda va birligimizda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤9🔥3🤩1
Tojikistonda “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdim etildi

2026-yil 6-aprel kuni Dushanbe shahrida Xorijiy davlatlar universitetlarining Uchinchi xalqaro festival-ko‘rgazmasi — “Tojikiston–2026” o‘z ishini boshladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda respublika oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151448

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍1