Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Malayziya – O‘zbekiston” birinchi xalqaro olima ayollar forumi o‘tkazildi
8–9 aprel kunlari Malayziyaning Melaka shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Malayziya oliy taʼlim vazirligi hamkorligida Birinchi xalqaro olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev, Malayziya Oliy ta’lim bosh direktori Azlinda binti Azman hamda Melaka shtati gubernatori Mohd Ali bin Mohd Rustam forumni ochib berib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlik istiqbollarini ta’kidladilar. Shuningdek, forumni ochishda ishtirok etgan Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ayol olimalarning ilm-fan rivojidagi o‘rni va innovatsion g‘oyalarini alohida e’tirof etdi.
Forumda ikki davlat oliygohlari rahbarlari va delegatsiyalari ishtirok etib, 30 ga yaqin muhim memorandum va kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, tadbir doirasida biznes-forum hamda “O‘zbekiston – Malayziya” fan, ta’lim va madaniyat ko‘rgazmalari tashkil etilib, unda oliygohlar o‘z salohiyatini namoyish etdi.
Batafsil: https://surl.li/skmqfg
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍15👏5🔥4🤔2😁1
#Qonunchilik_yangiliklari
💬 Hukumatning 2026-yil 9-apreldagi 161-son qarori bilan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
🪟 Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.
💬 Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.
🗂 So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➡️ ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
➡️ dissertatsiyaning nusxasi.
🗂 Hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
📊 Ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
🗒 Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma yoki salbiy xulosa beriladi.
✈️ Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_oyligi #Oliygoh_kubogi
Robot va dronlar maydonida keskin bahslar: “Oliygoh kubogi” qizg‘in pallada
Urganch davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” tanlovi tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Bugungi bellashuvlar zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan Robototexnika hamda Dron texnologiyalari yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy sinovlarda namoyon etib, innovatsion yechimlar, muhandislik tafakkuri va kreativ yondashuv orqali hakamlar hay’ati e’tiborini qozonishga harakat qilishdi.

❤9👍4🥰2👏2🔥1
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #meros
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил историческую часть Бухары.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил историческую часть Бухары.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤14👍2🔥2
#xizmat_safari #Buxoro
Vazir Buxorodagi kasbiy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
10-aprel kuni Qoʻngʻirotboy Sharipov Buxoro shahridagi qator kasbiy taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab Buxoro shahar 1-son texnikumida Pearson dasturi asosida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim jarayoni, shuningdek, Speaking Club, axborot-resurs markazi va sport mashgʻulotlari koʻzdan kechirildi. Shundan soʻng Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida xalqaro hamkorlik ishlari hamda oʻquvchilar yutuqlari bilan tanishildi.
Tashrif yakunida texnikumlarda taʼlim sifatini oshirish, amaliy koʻnikmalarni kuchaytirish va xalqaro dasturlarni keng joriy etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/152509

❤17🥰3👏3👍2
#Osiyo_chempionati #boks
🏆Farg'ona davlat universiteti talabasi Abdulloh Madaminov Osiyo chempioni!
Moʻgʻulistonning Ulan Bator shahri mezbonligidagi kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati ayni damda final janglari boʻlib oʻtmoqda.
65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Abdulloh Madaminov qitʼa chempionligi uchun tailandlik Bunjong Sinsiriga qarshi jang qildi. Toʻliq 3 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi – 5:0.
Farg'ona davlat universitetining sport faoliyati fakulteti talabasi Abdulloh Madaminovni bu ulkan gʻalaba bilan tabriklaymiz!

👍27❤13🔥1👏1😁1
#Qonunchilik_yangiliklari
🚪 Hukumat qarori (160-son, 09.04.2026-y.) bilan “Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
💬 Ushbu Nizom intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini taqdirlash tartibini belgilaydi.
🗒 Nizomga ko‘ra, tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
🔊 Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
🚪 1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
➡️ 2-bosqich – respublika miqyosida.
➡️ Tashkilotchi har yili 1-mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi hamda o‘z rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlovni e’lon qiladi.
📌 Tanlovning 2-bosqichi g‘olib va sovrindorlari BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
➡️ 1-o‘rin egalariga – 150 baravari;
➡️ 2-o‘rin egalariga – 125 baravari;
➡️ 3-o‘rin egalariga – 100 baravari.
❗️ Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi
🟢 “Eng yaxshi ixtiro”;🟢 “Eng yaxshi foydali model”;🟢 “Eng yaxshi sanoat namunasi”;🟢 “Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi”;🟢 “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlar kongressi oʻtkaziladi
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Samarqand shahrida “Central Asia – European Union University Congress 2026” xalqaro anjumani boʻlib oʻtadi.
Mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Polsha akademik oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP), IREG akademik reytingi va mukammallik observatoriyasi, Samarqand shahridagi oliy ta'lim muassasalari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Kongress doirasida qator muhim xalqaro muloqot maydonchalari — Yevropa Ittofoqi davlatlari Rektorlari forumlari tashkil etiladi.
Tadbirda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining taʼlim vazirlari, nufuzli universitetlar rektorlari, xalqaro tashkilotlar va akademik doira vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kongress doirasida oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun ikki tomonlama uchrashuvlar (B2B), panel sessiyalar va madaniy dasturlar tashkil etiladi.

❤7