Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #kongress #MO_YI

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi: yangi bosqich, yangi imkoniyatlar


Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Polsha Respublikasi Fan va oliy taʼlim vazirligi oʻrtasida “Oʻzaro niyatlar toʻgʻrisidagi bayonot” (Letter of Intent) imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan boʻlib, qoʻshma ilmiy markazlar tashkil etish, universitetlar oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, akademik mobillikni kengaytirish hamda Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi.


Anjuman davomida 50 dan ortiq oʻzaro anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalarini imzolanishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu hujjatlar turli sohalarni qamrab olgan holda, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda akademik almashinuv dasturlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍7😁1🤔1😱1
#xalqaro_hamkorlik #kongress #MO_YI

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida xorijlik mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek hamda Qirg‘iz Ta’lim va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Durus Kozuiev boshchiligidagi mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturida mehmonlar uchun universitetimiz talabalari tomonidan yaratilgan startap loyiha namoyish qilindi. Shuningdek, mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar mahalliy va xorijlik talabalarning ingliz tilida tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinini hamda tog‘ turizmi yo‘nalishida amalga oshirilgan innovatsion loyihani kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.


Bundan tashqari, Qirg‘iz Ta’lim va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Durus Kozuev universitetimizda ta’lim olayotgan 5 nafar qirg‘iz yoshlari bilan suhbatlashdi va ularning o‘qish sharoitlari bilan qiziqdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3😁1🤔1😱1