Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #kongress #MO_YI

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida xorijlik mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek hamda Qirg‘iz Ta’lim va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Durus Kozuiev boshchiligidagi mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturida mehmonlar uchun universitetimiz talabalari tomonidan yaratilgan startap loyiha namoyish qilindi. Shuningdek, mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar mahalliy va xorijlik talabalarning ingliz tilida tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinini hamda tog‘ turizmi yo‘nalishida amalga oshirilgan innovatsion loyihani kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.


Bundan tashqari, Qirg‘iz Ta’lim va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Durus Kozuev universitetimizda ta’lim olayotgan 5 nafar qirg‘iz yoshlari bilan suhbatlashdi va ularning o‘qish sharoitlari bilan qiziqdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3😁1🤔1😱1
#xalqaro_hamkorlik #kongress #MO_YI

Parallel sessiyalar: ilm-fan va innovatsiyaning ustuvor yoʻnalishlari muhokamada

Kunning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressining asosiy mazmunini tashkil etuvchi parallel sessiyalar boʻlib oʻtdi.

Ushbu sessiyalar zamonaviy ilm-fan va taʼlim tizimining dolzarb yoʻnalishlarini qamrab olgan holda, bir nechta yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilgan:

✅ Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar: jamiyat transformatsiyasi, sunʼiy intellekt etikasi va iqtisodiyotda katta maʼlumotlardan foydalanish masalalari;
✅ Muhandislik va texnologiyalar: universitet va sanoat hamkorligi, “yashil” transformatsiya hamda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
✅ Tibbiyot fanlari: raqamli tibbiyot, biomeditsina va personallashtirilgan tibbiyot masalalari.


Mazkur sessiyalar doirasida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslar ilm-fan va taʼlim integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion rivojlanishni ragʻbatlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikning yangi bosqichlarini belgilashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5👏1
#Qonunchilik_yangiliklari

☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni bilan oliy va kasbiy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalariga oid qator normativ-huquqiy hujjatlarga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

✅Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmonining 5-bandida yangi tartiblar joriy etildi.

➡️Mazkur 5-bandning “g” kichik bandiga ko‘ra:

🟢Davlat texnikumlariga o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar texnikum, kasb (mutaxassislik) hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddat ichida tanlaydi.

➡️Shuningdek, texnikumlarda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha tasdiqlangan qabul parametrlariga nisbatan to‘lmay qolgan vakant o‘rinlarga abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

♻️ Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥1