#matbuot_anjumani
📆 2026-yilning 15-aprel kuni soat 10:00 da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
👥 Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish hamda Bilim va malakalarni baholash agentliklari rahbariyati, soha mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
📨 Tadbir davomida OAV va jamoatchilik vakillariga quyidagi masalalar yuzasidan maʼlumot beriladi:
➡️ 2026-yilning 1-choragi davomida Prezident, Prezident Administratsiyasi hamda hukumat hujjatlarida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi boʻyicha belgilangan topshiriqlarning ijro holati;
➡️ Prezidentimiz tomonidan yangi imzolangan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son farmonining mamlakatimiz ilmiy salohiyatini oshirish va oliy taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati;
➡️ Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda innovatsion iqtisodiyotga oʻtishni jadallashtirish boʻyicha oldinda turgan ustuvor vazifalar.
❔ Anjuman soʻnggida jurnalistlar va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha rahbarlaridan toʻgʻridan toʻgʻri javob olishlari mumkin boʻladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”: QarDUda musobaqalar jarayoni ko‘zdan kechirildi
Sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va tashkilot bosh kotibi Oybek Qosimov universitetda talabalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi bilan tanishdilar.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4🔥1👏1
#xalqaro_hamkorlik #kongress
Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida strategik hamkorlik mustahkamlanmoqda
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari kongressining 2-kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali muloqotlar, B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar natijasida universitetlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153452

Xususan, kongress doirasida O‘zbekiston va Yevropa universitetlari o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan 50 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153452
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥1