“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”: QarDUda musobaqalar jarayoni ko‘zdan kechirildi
Sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va tashkilot bosh kotibi Oybek Qosimov universitetda talabalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi bilan tanishdilar.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4🔥1👏1
#xalqaro_hamkorlik #kongress
Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida strategik hamkorlik mustahkamlanmoqda
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari kongressining 2-kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali muloqotlar, B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar natijasida universitetlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153452

Xususan, kongress doirasida O‘zbekiston va Yevropa universitetlari o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan 50 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153452
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #kongress
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari kongressining 2-kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali muloqotlar, B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari kongressining 2-kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali muloqotlar, B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🔥6
Yangi o‘quv yilidan boshlab SAT sertifikatiga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:
➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
❗️Eslatma, faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏25❤15👍13🔥4
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, arxitektura va loyihalashda kreativ muhitni shakllantirish hamda oliy ta’lim tizimini soha ehtiyojlariga moslashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Prezident qurilish va urbanizatsiya sohasida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha quyidagi muhim yangiliklarni ma’lum qildi:
➖ Kelgusi o‘quv yilidan boshlab urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan, o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Ushbu oliygoh tarkibida faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmay, amaliy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan texnikum ham tashkil etiladi;
➖ Toshkent shahrida arxitektor, loyihachi va urbanistika mutaxassislari uchun birinchi kreativ park tashkil etiladi. Ushbu tajriba asosida kelgusida hududlarda ham shunday kreativ markazlar barpo etilishi belgilandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda loyiha tashkilotlari soni 2 mingdan oshib, ularning 650 dan ziyodi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. Shunga qaramay, sohadagi jadal urbanizatsiya jarayonlari (aholi soni 38 milliondan oshgan, urbanizatsiya darajasi 51 foiz) tizimga yangicha yondashuv va yuqori texnologik bilimlarga ega mutaxassislarni jalb etishni talab etmoqda.

❤11👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TARIXIY G‘ALABA!
🇺🇿O‘zbek sporti va jahon shaxmati tarixida yangi sahifa ochildi! Hamyurtimiz, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, iste’dodli grossmeysterimiz Javohir Sindarov nufuzli Nomzodlar turnirida muddatidan avval CHEMPION degan nomga sazovor bo‘ldi!
♟ Bugun u o‘zining asosiy raqibi – niderlandiyalik 🇳🇱 Anish Giri bilan murosasiz kechgan bahsda durang qayd etib, eng yaqin ta’qibchilari uchun yetib bo‘lmas natijani kafolatladi.
👑 Endigi marra – Jahon toji! Oldinda eng katta sinov: Javohir endi butunjahon shaxmat toji uchun amaldagi chempion 🇮🇳 Gukesh Dommaradjuga qarshi dona suradi.
👏 Buyuk g‘alaba muborak, O‘zbekiston! Olg‘a, Javohir!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Javohir Sindarov — Nomzodlar turniri chempioni!

🔥81❤36👍30🎉12👏4
#matbuot_anjumani
📆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.
👥 Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish hamda Bilim va malakalarni baholash agentliklari masʼullari, soha mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
📨 Tadbirda Prezidentimiz tomonidan yangi imzolangan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son farmonining mamlakatimiz ilmiy salohiyatini oshirish va oliy taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati, shuningdek, 2026-yilning 1-choragi davomida Prezident hamda hukumat hujjatlarida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi boʻyicha belgilangan topshiriqlarning ijro holati haqida maʼlumot berilmoqda.
Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
https://youtube.com/live/cAvtO47T-wE?feature=share
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani
Matbuot anjumanini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
https://youtube.com/live/cAvtO47T-wE?feature=share
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥6
#Olimlar_minbari
#30.03-05.04.2026
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
«Смелый шаг к интеграции и эффективности» — Садриддин ТУРОБЖОНОВ, ректор Ташкентского государственного технического университета имени Ислама Каримова, академик;
“Tarixdan saboq olingan joyda, albatta, bilim va ma’rifat, taraqqiyot va adolat bo‘ladi” — G‘ofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi;
«Огромный потенциал, широкие возможности» — Баходир ХОЛИКОВ, ректор Самаркандского государственного института иностранных языков, профессор;
“Samarali hamkorlik – yuksalish poydevori” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Barqaror agrar ta’lim: yoshlar bandligini ta’minlashda samarali mexanizm” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
“Ekologik muammolarning samarali yechimi” — Baxtiyor PO‘LATOV, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori, professor;
“Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mamlakatimiz industrial salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi” — O‘tkir XOLIQULOV, Olmaliq davlat texnika instituti rektori;
“Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim: islohotlar, yutuqlar va istiqbol” — Alisher MO‘MINOV, O‘zbekiston milliy universiteti dekani, professor;
“Uchinchi uyg‘onish davri poydevorining mustahkam ikki ustuni” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari;
“Yangi O‘zbekiston – turizm chorrahasi” — Shahnoza ERGASHXO‘JAYEVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;
“Taraqqiyot modelining markaziy bo‘g‘ini” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari;
“Zafarnoma” larning qo‘lyozma nusxalari va ularni o‘rganish tarixi” — Halim TO‘RAYEV, Buxoro davlat universiteti professori;
«Махалля как особый субъект права: гражданско-правовой анализ» — Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор ТГЮУ;
«Рынок труда как инструмент сокращения бедности» — Севара ЗИЯЕВА, доцент Узбекского государственного университета мировых языков;
“Zamonaviy ta’lim paradigmasi oldimizga jiddiy savollar qo‘ymoqda” — Ikromjon RAHIMOV, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
“Inson kamolotining poydevori” — Munojot ASRANBOYEVA, Namangan davlat pedagogika instituti kafedra mudiri;
«Единство научного потенциала и решимости» — Камариддин КОМИЛОВ, доцент Чирчикского государственного педагогического университета, кандидат технических наук;
“Faxr-iftixor va ibrat timsoli” — Azizbek AMONOV, Buxoro davlat universiteti dotsenti;
«Желанный подарок, мудрый наставник и добрый друг» — Раъно АБДУМАЖИТОВА, старший преподаватель кафедры иностранных языков Ташкентского государственного аграрного университета;
«Обрести новое дыхани» — Диляйра РИЗАЕВА, преподаватель кафедры иностранных языков Ташкентского государственного аграрного университета;

❤12😁2🎉1