Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Barkamol_avlod #StolTennisi

🏓 “Barkamol avlod” musobaqalari: stol tennisi final bosqichi yakunlandi

Xorazm viloyatida akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev hamda O‘zbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari E. Qodirov ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154221

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤10👍3👏1
Yangi O‘zbekiston oliy ta’limi: raqobatbardosh tizimga yo‘l

Islohotlar doirasida mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini xalqaro maydonga olib chiqish, Oʻzbekistonni mintaqadagi nufuzli taʼlim markaziga aylantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlar yurtimizning ochiqlik siyosati, intellektual salohiyati va taʼlim sifatining oʻsib borayotganini dunyoga namoyon etyapti.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Yangi O‘zbekiston oliy ta’limi: raqobatbardosh tizimga yo‘l” sarlavhali maqolasi chop etildi.

#maqola #vazir #Natijaga_yo‘naltirilgan_islohotlar

👉Maqolani o‘qish

PDF shaklida yuklab olish 👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍7😁1
#Olimlar_minbari
#05-12.04.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Kasbiy ta’lim yangi boqichda: Mehnat bozoriga yo‘naltirilgan inson kapitali strategiyasi” — Azimjon HUSANOV, Kasbiy ta’lim agentligi direktori;

“Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Ustuvor vazifalar katta natijalarga yo‘l ochadi”
— Nodirbek SAYFULLAYEV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor;

“Sport – millat salomatligi, mamlakat qudrati namoyishi” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori;

“Barqaror taraqqiyot garovi”
— Yusuf ABSOATOV, Toshkent davlat texnika universiteti prorektori;

«Фактор экономической трансформации» — Гульчехра АЛЛАЕВА, профессор Ташкентского государственного технического университета, доктор экономических наук;

“Markaz aynan Xastimomda qurilishining tarixiy asoslari” — Ne’matullo MUHAMMEDOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori;

«Выдающаяся фигура мировой цивилизации» — Гульнора МАНСУРОВА, профессор Ташкентского университета информационных технологий;

“Sohibqiron merosi va zamonaviy tafakkur uyg‘unligi” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Bir kunlik dabdaba: kimga foyda, kimga zarar?” — Shahlo ERGASHEVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

«Будущее в руках молодежи: cтавка на обучение профессиям» — Феруза МАМАДАЛИЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

«На пути к императорской короне» — Баходир РУЗИЕВ, преподаватель истории Шахрисабзского государственного педагогического института.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2
#xalqaro_anjuman #Kasbiy_taʼlim

Berlin shahrida ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Ushbu forum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi, Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) va“TexVET II” loyihalari, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar alohida e’tirof etildi

Forumda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar va mehmonlar, jumladan Germaniya savdo-sanoat palatalari va ular huzuridagi kasbiy ta’lim muassasalari, sohaviy ekspertlar, til o‘qitish va til darajasini baholovchi tashkilotlar, ta’lim muassasalari, vazirliklar hamda boshqa davlat idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Forum doirasida Germaniya bilan jami 47 ta shartnoma imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/kasbiytalim/news/view/154078

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍5
#Qonunchilik_yangiliklari

❗Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi va milliy reytingdagi top-50 texnikumlar moddiy rag‘batlantiriladi

🔔 Adliya vazirligi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3816, 15.04.2026-y.).

🏛 Texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi.

☑️ Milliy reyting ma’lumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

♻️ vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar;
♻️ ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar;
♻️ umummilliy so‘rovnoma natijalari.

📆 Har yili 10-oktabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

📨 Bunda, har yili 30-mayga qadar o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma o‘tkaziladi.

💰 Milliy reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi hamda rag‘batlantirish to‘lovi sifatida ajratilgan mablag‘larni quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi:

➡️ 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
➡️ 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.

👉🏻 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#xizmat_safari

Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Milliy tabiiy fanlar jamg‘armasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari hamda O‘zbekiston universitetlari hamkorligida qo‘shma fundamental ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek yosh olimlarimiz uchun ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5👏4