Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Javohir Sindorovga “Mehnat shuhrati” ordenini tantanali topshirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shaxmatchimiz, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri gʻolibi Javohir Sindorovni sharaflashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Prezidentimiz marosimda Javohir Sindorovni mazkur tarixiy zafar bilan yana bir bor samimiy qutladi. Bu butun xalqimizning, Yangi O‘zbekistonning g‘alabasi ekanini ta’kidladi.

Albatta, hech bir natija o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning zamirida uzoq yillik tinimsiz mehnat, bolalikdan orttirilgan tajriba, qat’iy iroda, temir intizom, va, albatta, ustoz va murabbiylarning sabog‘i, ota-ona, bobo va buvijonlarning duosi mujassam. Fursatdan foydalanib, mana shunday o‘zbek o‘g‘lonini tarbiyalab, voyaga yetkazgan bobong va buvingga, ota-onanga, ustoz va murabbiylaringga yana bir bor o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman,

– dedi davlatimiz rahbari.

#Prezident #marosim #shaxmat #taqdirlash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍12🔥8🎉2😱1
Kelajak muhandislari maydoni: Tashkent Tech’da iqtidorlar saralandi

17-aprel kuni Tashkent Tech Universityda “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi hamda “Tashkent Tech kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, yosh innovatorlar hamda talaba-yoshlar keng ishtirok etdi.

Saralash bosqichi doirasida 3D modellashtirish, raketa modellashtirish hamda AI Health xakaton yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, respublikaning turli hududlaridan 300 ga yaqin iqtidorli yoshlar o‘z bilim va innovatsion yondashuvlarini namoyon etdilar. Yakunda eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalarga vazir sovg‘alari topshirilib, ular respublika final bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.


#Kelajak_muhandislari

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154855

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏9❤5👍5🔥2🥰1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun vazirlikda sport an’analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va xodimlar o‘rtasida jamoaviylik ruhini rivojlantirish maqsadida futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasiga start berildi!

Maydonda vazirlik departamenti, boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlaridan iborat jamoalar to‘p surishdi.

Birinchi kun o‘yinlari qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Har bir jamoa yuqori kayfiyat va g‘alaba sari katta ishtiyoq bilan harakat qildi. Bu esa nafaqat ishtirokchilarga, balki tomoshabinlarga ham ajoyib emotsiyalar ulashmoqda.

Ertaga, soat 11:00 dan e’tiboran yarim final, uchinchi o‘rin uchun bahs hamda musobaqaning final o‘yini Talabalar shaharchasidagi O‘zbekiston milliy universiteti sun’iy qoplamali maydonida o‘tkaziladi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda musobaqaning bosh sovrini – “Vazir kubogi” bilan taqdirlanadi.

Barcha jamoalarga omad va chiroyli g‘alaba tilaymiz!

#vazir_kubogi #futbol

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍10🔥1👏1