Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Inson va raqamli agentlar hamkorligi: taʼlim tizimida yangi yondashuvlar muhokama qilindi

17 aprel kuni «Mirzo Ulugʻbek vorislari» tayyorlov oʻquv kurslari tashabbusi bilan “Raqamlashtirish sharoitida zamonaviy didaktik modellardan foydalanish: fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Oʻzbek-fransuz universiteti hamda qator xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/155188

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍6👏1
#Talabalar_sporti #Dayjest

Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” musobaqasining universitet bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Musobaqalar 3 bosqichda o‘tkaziladi:
— 1-bosqich: OTM miqyosida (1–30-aprel)
— 2-bosqich: Hududiy bosqich (1–15-may)
— 3-bosqich: Respublika finali (1–10-iyun)

🏅 Talabalar quyidagi 7 ta sport turi bo‘yicha bellashmoqda:
• Basketbol 3x3
• Voleybol
• Gandbol
• Yengil atletika
• Stol tennisi
• Suzish
• Futbol
Quyida universitetlar kesimida musobaqa jarayonlari bilan tanishing:

💬Jizzax davlat pedagogika universiteti;
💬Farg’ona davlat texnika universiteti;
💬Buxoro davlat texnika universiteti;
💬Qoʻqon davlat universiteti;
💬Buxoro davlat pedagogika instituti;
💬Jizzax politexnika instituti;
💬Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
💬Guliston davlat universiteti;
💬Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
💬Namangan davlat pedagogika instituti;
💬Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
💬Andijon davlat pedagogika instituti;
💬''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti;
💬Buxoro davlat universiteti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5👏2
Talabalar xavfsizligi – ustuvor vazifa: vazirlik va IIV

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Rustam Jo‘rayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, polkovnik Sharof Uralov hamda mazkur xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Nilufar G‘iyosova ishtirok etdi.

Muloqotda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim yoshlarning giyohvandlik vositalari savdosiga jalb etilishi, "zakladchik" sifatida noqonuniy faoliyatga kirib qolishining oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/155374

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤9👏3
Davlat rahbari “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Murojaatda bugungi kunda narkotiklar savdosi tobora murakkablashib, transchegaraviy va virtual tus olayotgani, bu esa global xavfsizlik va inson salomatligiga jiddiy tahdid solayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, dunyoda 300 milliondan ortiq inson giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgani, har yili qariyb 600 ming kishi ushbu illat qurboniga aylanayotgani qayd etildi.


Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, sun’iy intellekt asosida ishlovchi yagona raqamli platforma yaratish, noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi global mexanizmlarni joriy etish hamda yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbuslar ilgari surildi.


Shuningdek, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, milliy strategiya, profilaktika tizimi va xalqaro hamkorlik natijalari alohida qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍2
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli boshlanmoqda!

Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o'tab, xalqaro darajaga olib chiqing.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
– 20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
– Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
– Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar


Asosiy talablar:
– Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish
– Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish
– Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish

🔹 Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?
– Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega
– Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan
– Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan
– Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar

✨ Bu — o‘z g‘oyangizni global darajaga olib chiqish, yangi bilim va tajriba orttirish uchun katta imkoniyat!

📩 Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling!
Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!

Batafsil: muhandis.edu.uz

#KelajakMuhandislari #Stajirovka #Innovatsiya #Muhandislar #YoshlarImkoniyati
❤7👍3
Vazirning birinchi o‘rinbosari raisligida Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dastlab, kengash yig‘ilishida institutning tashkiliy tuzilmasiga yangi lavozimlar, tarkibiy bo‘linmalar va qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng, soha prorektorlarining 2025/2026-o‘quv yilida institutni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalar ijrosi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/155452

#xizmat_safari #Samarqand

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🔥5👍3🥰1