Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
JDPUda suzish bahslari start oldi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida suzish bo‘yicha fakultetlararo musobaqalar boshlandi.

Batafsil: https://jdpu.uz/yangi-ozbekiston-talabalar-olimpiadasi-suzish-bahslari-start-oldi/

👉 На русском
👉 In English

#TalabalarSporti
#TalabalarOlimpiadasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (13-18-aprel)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
❗Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik – xavfsiz mehnat migratsiyasining asosiy sharti etib belgilanmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyevga tashqi mehnat migratsiyasi bozori geografiyasini kengaytirish va fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlash chora-tadbirlari taqdimot qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi tashabbuslar va yangiliklar ilgari surildi:

♻️ “Kasb plyus til” loyihasi doirasida Germaniya, Koreya va Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma o‘quv loyihalari soni 20 taga, qamrovi esa 10 ming nafarga yetkaziladi;

♻️ Maqsadli tayyorlash markazi Toshkent shahrida 12 ta kasb va 7 ta tilga o‘qitadigan, 600 o‘rinli kampusga ega zamonaviy majmua sifatida tashkil etiladi;

♻️ Moliyaviy yengilliklar tizimi orqali chet tilini o‘rganish xarajatlarining 50 foizi, kasbiy malaka imtihoni xarajatlari esa to‘liq qoplab beriladi va mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqaroning o‘ziga beriladi;

♻️ Tibbiyot va qurilish yo‘nalishlarida hamshiralarni xalqaro imtihonlarga tayyorlaydigan maxsus kurslar hamda ishchi mutaxassislar malakasini baholash markazlari faoliyati kengaytiriladi;

♻️ Mavsumiy ish yo‘nalishlari bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlar bilan imzolangan yangi xalqaro bitimlar asosida agrar va turizm sektorlarida hamkorlik kuchaytiriladi;

♻️ Raqamli yechimlar doirasida “Xorijda ish” platformasiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilib, ish beruvchilar va aholi uchun tezkor hamda qulay aloqa mexanizmlari yaratiladi;

♻️ Huquqiy va ijtimoiy himoya choralari kuchaytirilib, 37 ta davlatda yurtdoshlarimizning hayot tarzi doimiy monitoring qilinadi hamda ularga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi;

♻️ Migratsiya agentligi islohoti natijasida agentlik nafaqat tashqi migratsiya, balki ichki mehnat bozorini ham sifatli kadrlar bilan ta’minlaydigan muhim bo‘g‘inga aylanadi.

✔️Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, sohani raqamlashtirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

#Prezident #taqdimot #bandlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍3
Oliy toifali o‘qituvchilar uchun uy-joy subsidiyasiga ariza berish boshlandi!


☑️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplab berish uchun arizalar qabul qilinishi e’lon qilindi.

❔ Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🔹 Oliy malaka toifasiga
(bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan;
🔹 Kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
🔹 O‘zida yoki turmush o‘rtog‘ida 2 va undan ortiq uy-joyi bo‘lmagan pedagoglar.

📝 Qanday topshiriladi?

▪️ Davlat xizmatlari markazlari orqali;
▪️ MyGov mobil ilovasi orqali;
▪️ my.gov.uz portali orqali.

❗Ariza topshirishdan oldin OneID tizimida banklarga kredit tarixingizni ko‘rish uchun ruxsat bergan bo‘lishingiz lozim. Aks holda, kredit tarixingizni o‘rganish imkoni bo‘lmaydi va arizangiz rad etiladi.

🏦 Dasturda ishtirok etuvchi banklar: Agrobank, Xalq banki, Milliy bank, Ipotekabank, Asakabank va boshqa yirik tijorat banklari (jami 15 ta).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍2🔥1👏1
❗Xalqaro forumga marhamat!

📆 Bugun, 21-aprel kuni soat 10:00 da “Central Asian Expo Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma markazida “Innoprom. Markaziy Osiyo” doirasida “MDH innovatsion sanoat forumi: mintaqaviy integratsiya va texnologik mustaqillik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

👥 Forum doirasida MDH mamlakatlari o‘rtasida ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinadi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.

♻️ Panel sessiyada:
– sanoat va innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari
– texnologiyalar transferini rivojlantirish
– sun’iy intellektni sanoatga joriy etish istiqbollari
– ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

⚫️Tadbir yakunida MDH davlatlari o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan.

#xalqaro_anjuman

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum2026

🇺🇿O‘zbekiston global narkotahdidlarga qarshi kurashda muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Kecha Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Forumning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan murojaatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.

Mazkur forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbariyati hamda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
📢 ERASMUS+ HAFTALIGI 2026 – RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!

2–8-may kunlari sizni Erasmus+ Week 2026 doirasidagi haftalik tadbirlar seriyasiga taklif qilamiz!
Bu hafta davomida Erasmus+ dasturining imkoniyatlari, natijalari va real loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

➖ Sizni nimalar kutmoqda?
🔹 Erasmus+ imkoniyatlari haqida taqdimotlar
🔹 Loyihalar natijalari namoyishi
🔹 CBHE, Jean Monnet va ICM loyihalari bo‘yicha online ko‘rgazma
🔹 Axborot seminarlar, tematik sessiyalar va intervyular


📍 Jami 11 ta tadbir:
— 8 tasi oflayn (O‘zbekistonning turli hududlarida)
— 3 tasi onlayn

📌 Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan bir nechta tadbirda qatnashishingiz mumkin!

⌛️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-aprel, soat 15:00 gacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola

💰 Eslatma: Faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga tadbirlar uchun rasmiy taklif yuboriladi.

Imkoniyatlarni kashf eting, bilimlaringizni kengaytiring va Erasmus+ hamjamiyatining bir qismiga aylaning!

Batafsil 👈

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hemis #ijtimoiyfaollik

❗HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” modulidan foydalanish yo‘riqnomasi (videoda)

📌Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.


Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21