Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun yangi tashabbuslarga start berildi!

Xabar berganimizdek, bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminar va sport haftaligi boshlandi.

2026-yil 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etishdi.


Yig'ilishda jismoniy tarbiya va sportni oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlash, talabalar oʻrtasida sogʻlom va faol hayot tarzini shakllantirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan ekani alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156623

👉 На русском
👉 In English

#sport_haftaligi #seminar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍22❤10🔥3👏1
“Termiz tajribasi” — sportni rivojlantirishning yangi va samarali modeli

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminari doirasidagi yana bir muhim tadbir oliygohning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilgʻor tajribalarini oʻrganishga bagʻishlandi.

Seminar ishtirokchilari universitetda tashkil etilgan sport klublari, zamonaviy infratuzilma, shuningdek, sport tibbiyoti va mashgʻulot jarayonlari bilan bevosita tanishishdi. Bu esa oliy taʼlim tizimida sportni rivojlantirish va “Termiz tajribasi”ni respublika miqyosida keng joriy etishga zamin yaratadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156642

👉 На русском
👉 In English

#sport_haftaligi #seminar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍19❤9🔥2