Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Koreya madaniyat va ta’lim markazi ochildi

21-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Koreya madaniyat va ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning muhim bosqichlaridan biri sifatida tashkil etildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand #GlobalForum #narkotahdidlarga_qarshi_kurash

Innovatsion ishlanmalar Samarqanddagi global forumda namoyish etildi


Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi global forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazma doirasida mahalliy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan jami 2,2 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Tadbir davomida taqdim etilgan 10 dan ortiq startap va tijoratlashtirish loyihalari, xususan, profilaktika, monitoring tizimlari hamda laboratoriya yechimlari xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu ishlanmalar huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va samarali choralar ko‘rishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍4🎉1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi


“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–66-son, 20.04.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmon bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda uning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

⏭️ Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

💰 Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratilgan va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda ssuda ajratib boriladi.

💸 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi:

🔹 Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi;

🔹 quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ipoteka krediti ajratiladi:

▪️ ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

▪️ ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i nomida so‘nggi 3 yilda mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjud emasligi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤3
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–66…
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️“Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi


🔰 Farmonga ko‘ra, 2027-yildan har 2 yilda 1 marta 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni arafasida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi.

⏳ 2026-yildan har yili sentyabr oyida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida milliy urf-odatlarga tayanib, yuksak madaniy-estetik me’yorlar hamda xavfsizlikni ta’minlagan holda ”Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori asosida umummilliy yoshlar festivalini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.

📖 2026-yildan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi. Unga ko‘ra:

🔹 she’riyat, dramaturgiya hamda bolalar adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha eng yaxshi yozuvchi va shoirlar mukofotlanadi;

🔹 har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar BHMning 200 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📝 2026-yildan hududlarda ta’lim muassasasi, sport obyektlari, yoshlar va madaniyat markazi, kutubxona, kinoteatr, konsert-tomosha zali, ko‘ngilochar saylgoh va bog‘lardan iborat yoshlarga mo‘ljallangan infratuzilma obyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha minimal standartlar joriy etiladi.

📚 2026–2027-yillarda har bir hududda 1 tadan turizm, gastronomik, yoshlar sayilgohi va savdo-servisga ixtisoslashgan maxsus xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chalarda kutubxona, “book cafe”, kitob do‘konlari joylashtiriladi.

💸 Kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratish choralari ko‘riladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤2🎉1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuv ta’minlanadi


“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–148-son, 20.04.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuvni ta’minlash bo‘yicha quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🚫 suhbat bosqichida beriladigan savollar (topshiriqlar) davlat organining rasmiy veb-saytida kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi, 1 oy oldin e’lon qilinmagan savollarni nomzodlarga berish taqiqlanadi;

🗒 ichki tanlovlar o‘tkazilmaydigan hamda tanlovlarni o‘tkazishda nomzodlarga nisbatan umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar belgilanmaydigan lavozimlar ro‘yxati hamda tanlovlarni o‘tkazishda nomzodlarga nisbatan ko‘pi bilan 2 yil umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar qo‘yiladigan lavozimlar ro‘yxati belgilanadi.

📝 Shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan hamda zamonaviy kasblar reestri shakllantiriladi.

📜 Reestrga kiritilgan kasblarga o‘qigan yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini baholash – milliy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

💰 Zamonaviy kasblar bo‘yicha milliy sertifikat olgan quyidagi toifadagi yoshlarning xarajatlari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi:

▫️ Ijtimoiy reestrga kiritilgan davlat ta’minotidagi oilalar va kambag‘al oilalarning farzandlariga o‘qish va imtihon xarajatlari;

▫️ “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtihon topshirish xarajatlari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuv ta’minlanadi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha…
❗️ “Spin-off” korxonalariga grant ajratiladi


⏳ Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrgacha har bir tuman (shahar)da texnikum va nodavlat qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalari tashkil etiladi.

💸 Buning uchun kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorga BHMning 1 200 baravarigacha miqdorda 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.

🏛 2026-yildan tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan startap loyihalar asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish uchun davlat texnikumlari huzurida “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda:

🔹 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini 5 yil muddat davomida xususiylashtirish man etiladi;

🔹 tegishli muassasalarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridagi maydonlar 5-yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi;

💰 Bundan tashqari, “spin-off” korxonalariga texnikum o‘quvchilarining startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Andijon davlat texnika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat texnika institutida talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov qatnashib, talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi.

Davra suhbati davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan qator takliflar bildirildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/157099

#YoshlarKuni #OchiqMuloqot

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏3👍1🔥1
Data Engineering olamiga bepul chiptani qo‘lga kiriting!


📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Ozarbayjonning nufuzli “Coders” markazi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar muhandisligi” (Data Engineering) yo‘nalishida eksklyuziv vebinar va meetup turkumini e’lon qiladi.

💡Vebinarda nimalar muhokama qilinadi?
➡️Data Pipeline: ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashning zanjirli jarayonlari;
➡️Data Warehouse va Lakehouse o‘rtasidagi farqlar hamda zamonaviy tizimlarning ishlash prinsiplari;
➡️Karyera: Sohadagi asosiy rollar, bozor talab qilayotgan ko‘nikmalar va muvaffaqiyatli portfolioning sirlari.

➡️Mentor bilan tanishing:

✅ Emil Karimov — 10 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert.
💠 Faoliyat yuritgan kompaniyalari: Huawei, Kapital Bank, Gain Theory.
📑 Hozirda: EPAM kompaniyasida Senior System Engineer.

⚜️Tadbir haqida ma’lumot:
➡️Sanasi: 29-aprel
➡️Vaqt: 19:00 (davomiyligi – 90 daqiqa);
➡️Tili: rus tili;
➡️Soni: 2 ta uchrashuv.


👧 Imkoniyatni boy bermang! Ma’lumotlar bilan ishlash olamida o‘z yo‘lingizni toping va xalqaro ekspertlardan bevosita maslahat oling.

✅ 28-aprelga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 https://forms.gle/C5VaDHNvy1jiPHGP9

#vebinar_meetup

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1🔥1👏1