Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuv ta’minlanadi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha…
❗️ “Spin-off” korxonalariga grant ajratiladi


⏳ Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrgacha har bir tuman (shahar)da texnikum va nodavlat qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalari tashkil etiladi.

💸 Buning uchun kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorga BHMning 1 200 baravarigacha miqdorda 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.

🏛 2026-yildan tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan startap loyihalar asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish uchun davlat texnikumlari huzurida “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda:

🔹 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini 5 yil muddat davomida xususiylashtirish man etiladi;

🔹 tegishli muassasalarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridagi maydonlar 5-yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi;

💰 Bundan tashqari, “spin-off” korxonalariga texnikum o‘quvchilarining startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Andijon davlat texnika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat texnika institutida talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov qatnashib, talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi.

Davra suhbati davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan qator takliflar bildirildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/157099

#YoshlarKuni #OchiqMuloqot

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏3👍1🔥1
Data Engineering olamiga bepul chiptani qo‘lga kiriting!


📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Ozarbayjonning nufuzli “Coders” markazi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar muhandisligi” (Data Engineering) yo‘nalishida eksklyuziv vebinar va meetup turkumini e’lon qiladi.

💡Vebinarda nimalar muhokama qilinadi?
➡️Data Pipeline: ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashning zanjirli jarayonlari;
➡️Data Warehouse va Lakehouse o‘rtasidagi farqlar hamda zamonaviy tizimlarning ishlash prinsiplari;
➡️Karyera: Sohadagi asosiy rollar, bozor talab qilayotgan ko‘nikmalar va muvaffaqiyatli portfolioning sirlari.

➡️Mentor bilan tanishing:

✅ Emil Karimov — 10 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert.
💠 Faoliyat yuritgan kompaniyalari: Huawei, Kapital Bank, Gain Theory.
📑 Hozirda: EPAM kompaniyasida Senior System Engineer.

⚜️Tadbir haqida ma’lumot:
➡️Sanasi: 29-aprel
➡️Vaqt: 19:00 (davomiyligi – 90 daqiqa);
➡️Tili: rus tili;
➡️Soni: 2 ta uchrashuv.


👧 Imkoniyatni boy bermang! Ma’lumotlar bilan ishlash olamida o‘z yo‘lingizni toping va xalqaro ekspertlardan bevosita maslahat oling.

✅ 28-aprelga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 https://forms.gle/C5VaDHNvy1jiPHGP9

#vebinar_meetup

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1🔥1👏1
Xorazmda talaba-yoshlar o‘rtasida sport olimpiadasi bellashuvlari o‘tkazildi

Xorazm viloyatida “Yangi Oʻzbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan hududiy bosqich bellashuvlarida Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirok etdi. Unda basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennis hamda futbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.

#TalabalarSporti
#TalabalarOlimpiadasi

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156667

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏3🔥1🥰1
“O‘zbekiston 2030: barqaror iqtisodiy o‘sish va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillari ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari orqali konferensiyaning amaliy ahamiyatini ochib berdilar.

Anjuman doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
🔹 investitsiyalarni kengaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish;
🔹tadbirkorlikni rivojlantirish hamda inklyuziv o‘sishni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 raqamli transformatsiyani jadallashtirish.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157248

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2👏2