Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Andijon davlat texnika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat texnika institutida talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov qatnashib, talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi.

Davra suhbati davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan qator takliflar bildirildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/157099

#YoshlarKuni #OchiqMuloqot

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏3👍1🔥1
Data Engineering olamiga bepul chiptani qo‘lga kiriting!


📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Ozarbayjonning nufuzli “Coders” markazi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar muhandisligi” (Data Engineering) yo‘nalishida eksklyuziv vebinar va meetup turkumini e’lon qiladi.

💡Vebinarda nimalar muhokama qilinadi?
➡️Data Pipeline: ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashning zanjirli jarayonlari;
➡️Data Warehouse va Lakehouse o‘rtasidagi farqlar hamda zamonaviy tizimlarning ishlash prinsiplari;
➡️Karyera: Sohadagi asosiy rollar, bozor talab qilayotgan ko‘nikmalar va muvaffaqiyatli portfolioning sirlari.

➡️Mentor bilan tanishing:

✅ Emil Karimov — 10 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert.
💠 Faoliyat yuritgan kompaniyalari: Huawei, Kapital Bank, Gain Theory.
📑 Hozirda: EPAM kompaniyasida Senior System Engineer.

⚜️Tadbir haqida ma’lumot:
➡️Sanasi: 29-aprel
➡️Vaqt: 19:00 (davomiyligi – 90 daqiqa);
➡️Tili: rus tili;
➡️Soni: 2 ta uchrashuv.


👧 Imkoniyatni boy bermang! Ma’lumotlar bilan ishlash olamida o‘z yo‘lingizni toping va xalqaro ekspertlardan bevosita maslahat oling.

✅ 28-aprelga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 https://forms.gle/C5VaDHNvy1jiPHGP9

#vebinar_meetup

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1🔥1👏1
Xorazmda talaba-yoshlar o‘rtasida sport olimpiadasi bellashuvlari o‘tkazildi

Xorazm viloyatida “Yangi Oʻzbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan hududiy bosqich bellashuvlarida Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirok etdi. Unda basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennis hamda futbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.

#TalabalarSporti
#TalabalarOlimpiadasi

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156667

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏3🔥1🥰1
“O‘zbekiston 2030: barqaror iqtisodiy o‘sish va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillari ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari orqali konferensiyaning amaliy ahamiyatini ochib berdilar.

Anjuman doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
🔹 investitsiyalarni kengaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish;
🔹tadbirkorlikni rivojlantirish hamda inklyuziv o‘sishni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 raqamli transformatsiyani jadallashtirish.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157248

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2👏2
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘li Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi direktori etib tayinlandi.

Akbarxon Sobirxonov tayinlovga qadar vazirlik tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib, sohani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.

Maʼlumot o‘rnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoniga muvofiq Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Yangi tashkil etilgan ushbu tuzilmaning asosiy vazifasi yosh olimlar va iqtidorli talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan yutuqlarini iqtisodiyotning real sektoriga joriy etishdan iborat.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍56❤17👏14🔥5