Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Buxoro

Buxoro davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 24-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tanlov xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy tayyorgarligi, ma’naviy-ruhiy salohiyatini oshirish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
🔹 Jamoani tanishtirish
🔹 “Sport bilan hamnafasmiz” (100, 200, 300, 400 metrga yugurish, estafeta, kamondan o‘q otish, darts)
🔹 Birinchi yordam ko‘rsatish
🔹 Velosiped bellashuvi


Har bir shart davomida talaba-qizlar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi, jamoaviy hamjihatligi, tezkor fikrlashi, liderlik salohiyati hamda ma’naviy barkamolligini namoyon etdilar.


Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-o‘rin — Buxoro davlat tibbiyot instituti

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

#TalabalarSporti
#To'marisizdoshlari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉20🔥12👍10❤5😁5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur ommaviy tadbirda 5 mingga yaqin sportsevarlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida birlashdilar. Marafon qadimiy Ark qo‘rg‘oni oldida start olib, Buxoroning betakror tarixiy maskanlari boʻylab Labi Hovuz majmuasiga qadar davom etdi. Ushbu yo‘nalish ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki boy tarixiy-madaniy merosimiz bilan uyg‘un holda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini chuqur his etish imkonini berdi.


Marafon bilan bir qatorda tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ishtirokchilarga kunni tetiklik, yuqori energiya va ijobiy kayfiyat bilan boshlash imkonini yaratdi. Mashg‘ulotlar davomida jismoniy chiniqish va sog‘lom hayotga intilish yanada mustahkamlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤11👏6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz davlat universitetida talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” futbol musobaqasi yuqori saviyada yakunlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoa o‘zaro bellashib, chinakam sport ruhini namoyon etdi.

“Vazir kubogi” talaba-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍23❤6🔥5👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (20-25-aprel)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3
Nufuzli tashrif – yangi ilmiy ufqlar sari qadam

Buxoro davlat texnika universitetiga Nobel mukofoti laureati, kvant fizikasi sohasining yetakchi olimi Serj Arosh (Serge Haroche) va uning rafiqasi Klodin Arosh (Claudine Haroche) tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Sadoqat Siddiqova samimiy kutib oldi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda viloyatdagi OTM professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalar ishtirok etib, kvant fizikasining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini boyitdilar. Tadbir yakunida olimga Buxoro davlat texnika univeristeti Faxriy professori unvoni topshirildi.

Shuningdek, mehmonlar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va Buxoroning tarixiy obidalari bilan tanishdilar.

Ushbu tashrif xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yoshlarni ilm-fanga ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Batafsil: https://surl.li/fttfvy

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zJOKUda o'tkazilgan "Navro'z nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari" bayram festivalidan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2😁1🤔1