Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Raqamli transformatsiya sharoitida zamonaviy ta’lim: muammolar, innovatsion yechimlar va sun’iy intellektning yangi imkoniyatlar

24-aprel kuni Angren universitetida “Raqamli transformatsiya sharoitida zamonaviy ta’lim: muammolar, innovatsion yechimlar va sun’iy intellektning yangi imkoniyatlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.

Anjumanda respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5🔥3😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TATU yoshlari “Kelajak muhandislari – 2026” xalqaro festivaliga tayyor!

🏛28–29–30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak muhandislari – 2026” xalqaro festivalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yoshlari quyidagi maxsus yo‘nalishlar barchasida ishtirok etadi:

🔹 Robo War;
🔹 Qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari;
🔹 Gumanoid robotlar;
🔹 Yangi avlod avtomobili;
🔹 First Robot Uzbekistan;
🔹 Mexanizmlar estafetasi;
🔹 Robot-sapyor.


⚙️ Festival doirasida o‘tkaziladigan maxsus kategoriyalar bo‘yicha iqtidorli talabalar va yosh muhandislar jamoalari shakllantirilib, ularga tajribali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari biriktirildi.

🚀 Hozirda har bir yo‘nalish bo‘yicha muhandislik ishlanmalari ishlab chiqilib, innovatsion loyihalar ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ishtirokchilar uchun zarur tashkiliy va texnik sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍8🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Kelajak sari dadil qadam!

👍Buxoro davlat texnika universiteti talabalari “Kelajak muhandislari” festivalida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi!

Bugungi kunning izlanayotgan, ertangi kunning yaratuvchi yosh muhandislari o‘z bilim, salohiyat va innovatsion g‘oyalari bilan ushbu nufuzli festivalda munosib ishtirok etishga tayyor.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19❤10🔥8🎉2😱1
#kelajak_muhandislari

Aziz yurtdoshlar!

Sizni “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga taklif qilamiz!

Innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va yoshlar salohiyati namoyon boʻladigan mazkur xalqaro festival bu yil mutlaqo yangi formatda oʻtkazilib, elektromobillar shou poygasi, ilgʻor ishlanmalar koʻrgazmasi va zamonaviy shou dasturlar bilan boshlanadi.

28–30-aprel kunlari davom etadigan festival doirasida robototexnika, dron texnologiyalari, aviatsiya, chip dizayn, yashil energetika, arxitektura va tibbiyot muhandisligi kabi 9 ta yoʻnalishda 34 ta musobaqa oʻtkaziladi.

Bu yerda eng yaxshi muhandislik yechimlari, startaplar va innovatsion gʻoyalar taqdim etiladi.

Keling, kelajak texnologiyalarini birgalikda kashf etamiz!

📍 Manzil: “Alpomish” muz saroyi
🗓 Sana: 2026-yil 28-aprel
⏰ Vaqt: 09:30

Batafsil: km.edu.uz

Barchangizni kutib qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxlik yoshlar festival sari yo‘l oldi

Jizzax politexnika instituti talabalari “Kelajak muhandislari” festivalida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi.

Mazkur festival yosh muhandislarning bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍9🔥2😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi “Crown Ceramic” qoʻshma korxonasida keramogranit plitalar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍2
Andijon davlat tibbiyot institutida “Dhavai 4.0” — madaniyatlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Andijon davlat tibbiyot institutida bugungi kunda 1300 nafardan ortiq xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning qariyb 1000 nafari Hindiston Respublikasidan kelgan bo‘lib, institut tomonidan ular uchun qulay ta’lim va yashash sharoitlarini yaratish, milliy bayramlarini nishonlashni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday e’tiborning yorqin ifodasi sifatida talabalar turar joyida hindistonlik talabalar uchun an’anaga aylanib borayotgan “Dhavai 4.0” — “Yorug‘lik bayrami” festivali ko‘tarinki ruh, yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar og‘ushida o‘tkazildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2