Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Olimlar_minbari
#20-26.04.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda


🟢“Xalqaro mehnat bozoridagi oʻzgarishlar. Yurtimizda bu borada qanday choralar koʻrilmoqda?” — Farrux MASHARIPOV, Kasbiy taʼlim agentligi boshqarma boshligʻi;

🟢“Suv resurslaridan oqilona foydalanishning mustahkam zamini” — Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

🟢“Agrar ta’lim va ilm-fan ravnaqida yangi bosqich” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

🟢“Xalqimiz eʼtiqodining muhtasham ramzi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Fargʻona davlat universiteti rektori, professor;

🟢“Suv – bu taqdir, tiriklik degani” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

🟢«Нерушимый фундамент национального возрождения» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

🟢“Mintaqa manfaatlarini uygʻunlashtirgan yagona, qudratli kuch” — Baxtiyor POʻLATOV, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti rektori, professor;

🟢“Sport – zararli odatlardan asrovchi tabiiy va eng taʼsirchan vosita” — Erkin QODIROV, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari;

🟢“Zamonaviy pedagog timsoli” — Barno BOʻRONOVA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti;

🟢“Qardoshlik rishtalarini mustahkamlovchi koʻpriklarmiz” — Asilbek QOLQANATOV, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktoranti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Biz Toshkentdamiz! “Kelajak muhandislari – 2026” festivaliga shaymiz!

​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti yoshlari 28–30-aprel kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan “Kelajak muhandislari – 2026” xalqaro festivalida o‘zlarining innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishga tayyor.

​Ertadan boshlab uch kun davomida iqtidorli talabalar Surxondaryo muhandislik maktabi salohiyatini robototexnika va sun’iy intellekt, muhandislik va avtomatlashtirish hamda agrotexnologik innovatsiyalar yo‘nalishlarida namoyish etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍5🔥2
#Qoraqalpog‘iston #Festival #Konferensiya #Turizm #TDIU

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxtako‘pir tumanlarida “Madaniy xabardorlikni oshirish va ekologik barqaror turizmni rivojlantirish” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Mizdakhon – muqaddas va sirli maskan” nomli III an’anaviy festivali o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Turizm qo‘mitasi hamda Xo‘jayli va Taxtako‘pir tumanlari hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

 Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17
Texnikumlar innovatsiya markazlariga aylanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi.

Texnikum binosida zamonaviy kasblarga oʻqitish va startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etilgan.

Xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda nemis va xitoy tillarini oʻqitish bilan birga logistika, qishloq xoʻjaligida dronlarni boshqarish, “aqlli” irrigatsiya, quyosh panellarini oʻrnatish va taʼmirlash kabi zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Dual taʼlim tizimi joriy etilib, 550 nafar oʻquvchi nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan bogʻlagan holda olmoqda.

Startap markazi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda robototexnika, SMM, mobilografiya, dizayn kabi talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha ham oʻquv kurslari tashkil etilgan.

Loyiha doirasida 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Ushbu tajribani respublikadagi yana 10 ta qishloq xoʻjaligi texnikumida joriy etish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz kasb oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning oʻqishi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #safar #Fargona #texnikum

Prezidentimiz Quva tumanidagi texnikumda yoshlar bilan muloqot qildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤1