Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kelajak_muhandislari #Ochilish

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!


“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov kirish so‘zi bilan tantanali ochib berdi.

Bugun innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan ushbu nufuzli festival doirasida 30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar tashkil etilib, 14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar bir maydonda jam bo‘ldi.

Festival doirasida nufuzli xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, o‘z nutqlari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdi. Jumladan:

Jonathan Freedman — AQShdagi Jahon savdo markazi prezidenti va bosh direktori;
Moez Chakchouk — Jahon muhandislik tashkilotlari federatsiyasi ijrochi direktori;
Serge Haroche — Nobel mukofoti sovrindori (Fransiya);
Akiko Fujii — BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili.


Mazkur festival 30-aprelga qadar davom etadi.

👉 На русском
👉 In English

Jonli efir orqali kuzatib boring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5😁2🤩2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

#Kelajak_muhandislari
#ZakovatArena

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda!


Festival doirasida tashkil etilayotgan muhim manzillardan biri Zakovat arena majmuasi ham to‘liq shay holatga keltirildi. Zamonaviy texnik jihozlar, qulay infratuzilma va yuqori darajadagi tashkiliy tayyorgarlik bilan arena deyarli 10 ga yaqin turli yo‘nalishdagi musobaqalarni o‘tkazishga tayyor.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍2
Jizzax davlat pedagogika universitetida sportga oid davlat siyosati ijrosi ta’minlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya universitetda sportni rivojlantirish holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, mashgʻulot jarayonlari va sport toʻgaraklari faoliyati koʻzdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish va yuqori natijalarga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etish joizki, 2025/2026 o‘quv yilining o‘tgan davrida talabalar tomonidan 57 ta medallar (xalqaro musobaqalarda 18 ta (4 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza), respublika miqyosida 39 ta (9 ta oltin, 10 ta kumush, 20 ta bronza) qo‘lga kiritilgan.

Batafsil

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉10❤9👍3👏1
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

“Oliy ta’lim tashkiloti laboranti” kasbiy standarti loyihasi vazirlik rasmiy veb-saytiga muhokama uchun joylandi


Mazkur hujjat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarida laboratoriya faoliyatini amalga oshiruvchi laborantlarning kasbiy faoliyatini tartibga solish, ularning bilim, koʻnikma va kompetensiyalariga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida ishlab chiqildi.

Kasbiy standart loyihasida:

– laborantlarning mehnat funksiyalari va vazifalari;
– zarur bilim va ko‘nikmalar;
– xavfsizlik va sifat talablari;
– kasbiy faoliyatni baholash mezonlari aniqlashtirilgan.

Ushbu kasbiy standartni joriy etish natijasida laboratoriya faoliyati standartlashtiriladi, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifati yaxshilanadi hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyati kengayadi.

Fuqarolar loyiha muhokamasida o‘z fikr va mulohazalarini 2026-yil 12-mayga qadar (shu kuni ham) bildirishlari mumkin.

Loyiha matni 👉🏻bu yerda

Takliflaringizni Edu.uz orqali qoldiring.

Loyihani 📄 yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3