Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jizzax viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda

Jizzax politexnika instituti 3–4-bosqich talabalari joriy yilning 20-aprelidan 30-mayiga qadar 6 haftalik dual ta’lim jarayoniga jalb etildi. Ularga professor-o‘qituvchilar hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Jizzax hududiy filiali malakali mutaxassislari biriktirilib, hududlarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

O‘rganishlar davomida podstansiyalar, transformatorlar, elektr tarmoqlari hamda ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonlari va energiya uskunalarida energiya resurslarini tejash, yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy-texnik tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/591/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5🤩1
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

“Oliy taʼlim tashkiloti psixologi” kasbiy standarti loyihasi vazirlik saytiga muhokama uchun joylandi


Mazkur hujjat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim tizimida psixologik xizmatni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, uning sifatini oshirish hamda psixologlarning kasbiy faoliyatini yagona tizimga solish maqsadida ishlab chiqildi.

Kasbiy standart loyihasida:

– maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash masʼuliyati.
– kadrlarni baholash va attestatsiya qilish;
– malaka oshirish tizimi;
– psixologik xizmat markazlari;
– talabalarga maslahat berish tizimi aniqlashtirilgan.

Umuman olganda, mazkur kasbiy standartni joriy etish oliy taʼlim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish, talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Fuqarolar loyiha muhokamasida o‘z fikr va mulohazalarini 2026-yil 12-mayga qadar (shu kuni ham) bildirishlari mumkin.

Loyiha matni 👉🏻bu yerda

Takliflaringizni Edu.uz orqali qoldiring.

Loyihani 📄 yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
#Kelajak_muhandislari
#ochilish

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga ramziy start berildi

Bugun Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida nufuzli xorijiy mehmonlar, xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berildi.

Shuningdek, “Kelajak muhandislari” ilmiy konsorsiumini tashkil etilishi tantanali e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonning yetakchi texnika oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari
#ochilish

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining ochilish marosimi jarayonlaridan videolavha


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥18👍13👏5🤩3❤1
#jamoatchilik_muhokamasi

❗O‘zbekistonda “yashil” texnikumlar tarmog‘i tashkil etilmoqda


📝Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi buyrug‘i loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Mazkur hujjat bilan kasbiy ta’lim tizimida quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda:

➡️ Respublikamizning deyarli barcha hududlarida maxsus “yashil” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ Nurafshon shahrida — Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi, Toshkent shahrida — Yuridik ta’lim va zamonaviy kasblar texnikumi va Toshkent shahrida — Media va texnologiyalar texnikumi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➡️ Jizzax, Paxtakor, Kosonsoy, Urganch hamda Toshkent shahrining tumanlaridagi bir qator texnikumlar Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan yangi nomlar va tartib raqamlariga ega bo‘ladi.

👥 Hozirda ushbu buyruq loyihasining muhokamasi davom etmoqda. Takliflaringizni 4-mayga qadar regulation.gov.uz portali orqali qoldirishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#Kelajak_muhandislari
#ZakovatArena

“Kelajak muhandislari” ko‘rgazmasi: innovatsion g‘oyalar va amaliy yechimlar maydoni


“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida yosh ixtirochilar, tadqiqotchilar va innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rgazma shunchaki namoyish maydoni emas, balki yosh iste’dodlar uchun o‘z ishlanmalarini potensial investorlar, yirik sanoat korxonalari va keng jamoatchilikka taqdim etish imkonini beruvchi noyob “innovatsion ko‘prik” vazifasini o‘tamoqda.

Ko‘rgazmada 200 dan ortiq muhandislik ishlanmalari, 25+ oliy ta’lim muassasalari hamda 10+ yetakchi sanoat korxonalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, loyihalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2