Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kelajak_muhandislari
#ZakovatArena

“Kelajak muhandislari” ko‘rgazmasi: innovatsion g‘oyalar va amaliy yechimlar maydoni


“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida yosh ixtirochilar, tadqiqotchilar va innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rgazma shunchaki namoyish maydoni emas, balki yosh iste’dodlar uchun o‘z ishlanmalarini potensial investorlar, yirik sanoat korxonalari va keng jamoatchilikka taqdim etish imkonini beruvchi noyob “innovatsion ko‘prik” vazifasini o‘tamoqda.

Ko‘rgazmada 200 dan ortiq muhandislik ishlanmalari, 25+ oliy ta’lim muassasalari hamda 10+ yetakchi sanoat korxonalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, loyihalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonaviy_kasblar

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda


Bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida ushbu ta’lim muassasasida mavjud yo‘nalishlarga qo‘shimcha ravishda yana 8 ta zamonaviy kasb bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, agrodron operatorlarini tayyorlash markazi tashkil etildi. O‘quv jarayoni “nazariya – simulyatsiya – amaliyot” tamoyili asosida 3 oylik kurslar shaklida olib borilmoqda.

Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish va smart irrigatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Batafsil videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1🔥1
Harbiy xizmatchilarga bilim berish va kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Marg‘ilon shahrida joylashgan Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni hamda masʼullar tomonidan mehmonlarga Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni topshirigʻi asosida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek, harbiy qismlarda shakllantirilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar tarix oʻquv binosida ham boʻlib, unda yurtimizning boy va shonli oʻtmishini aks ettiruvchi eksponatlar, noyob materiallar hamda muhim maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/159108

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2🔥1👏1
#tayinlov

Ayimbetov Bayrambay Sharapatdinovich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍29❤15🤔4😱4😁3
“Oliy taʼlim tashkiloti uslubchilari” kasbiy standarti loyihasi vazirlik saytiga muhokama uchun joylandi


📝Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimida o‘quv-uslubiy jarayonlarni takomillashtirish, ta’lim sifatini tizimli tahlil qilish va soha xodimlarining kasb mahoratini oshirish maqsadida “Oliy ta’lim tashkiloti uslubchilari” kasbiy standarti loyihasi ishlab chiqildi.

❔ Mazkur standart nima uchun kerak?

🚪Hujjat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan uslubchilarning bilim darajasi, ko‘nikmalari va bajaradigan vazifalariga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Bu o‘z navbatida ta’lim sifatini xalqaro mezonlarga moslashtirishga xizmat qiladi.

➡️Standart quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

– Raqamlashtirish va AKTni joriy etish bo‘yicha uslubchi;
– O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar bo‘yicha uslubchi;
– Ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiya bo‘yicha uslubchi;
– Oliy ta’lim tashkiloti inspektori.

❓Yangi tizimda uslubchilardan nimalar kutilmoqda?

✔️Ta’lim dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablari asosida shakllantirish;
✔️O‘quv jarayoniga innovatsion metodika va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish;
✔️Talabalar bilimini baholashning shaffof tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

🔔 Sizning fikringiz biz uchun muhim! Loyiha muhokamasida o‘z fikr va mulohazalaringizni 2026-yil 12-mayga qadar (shu kuni ham) bildirishingiz mumkin.

Loyiha matni 👉🏻bu yerda

Takliflaringizni Edu.uz orqali qoldiring.

Loyihani 📄 yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
✴️Surxondaryoda “Talaba Expo–2026”: Kelajak kasbi va ish joyingizni bugun toping!


📣 Bugun Termiz shahrida yoshlar, talabalar va bo‘lajak mutaxassislar uchun yirik imkoniyatlar eshigi ochiladi! “Talaba Expo–2026” kasb ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlamoqda.

⚫️ Real ish beruvchilar: Nufuzli korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot;
⚫️ Bo‘sh ish o‘rinlari: O‘zingizga mos ish yoki haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka) topish imkoniyati;
⚫️ Biznes va moliya: O‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun moliyaviy maslahatlar va grantlar;
⚫️ Karyera starti: Professional muhitda birinchi aloqalarni o‘rnatish.

📆 Qachon: 29-aprel (bugun!)
⛳ Qayerda: Termiz shahri, “Bobur” istirohat bog‘i.

📨Tashkilotchilar:
O‘zbekiston milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi.

‼️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Surxondaryoning eng faol yoshlari bugun shu yerda jam bo‘lishadi. O‘z kelajagingizga bugundan investitsiya qiling!

#TalabaExpo2026 #Surxondaryo #IshImkoniyati #Karyera

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali birinchi kun tafsilotlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥13❤6👍4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi “Bobur” istirohat bog‘ida “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

#TalabaExpo2026 #Surxondaryo #sharhsiz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2❤1
#Kelajak_muhandislari #Robo_sumo

"Kelajak muhandislari": Robo Sumo musobaqasi


"Alpomish" muz saroyida robototexnika muhandisligi yo‘nalishidagi musobaqalardan biri — “Robo Sumo” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 101 nafar yosh muhandislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etib, innovatsion yondashuvlari bilan bellashmoqda.

“Robo Sumo” — bu ikki to‘liq avtonom robot o‘rtasida maxsus dumaloq ringda o‘tkaziladigan bahs bo‘lib, unda asosiy maqsad raqib robotni ringdan chiqarib yuborish yoki uni harakatsiz holatga keltirishdan iborat.

Mazkur yo‘nalish ishtirokchilardan strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va puxta muhandislik yondashuvni talab etadi. Har bir robot oldindan ishlab chiqilgan dastur asosida mustaqil harakat qiladi va jang davomida inson aralashuvisiz bellashadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2👏1