Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Vazir va yoshlar muloqoti” o‘tkazildi

Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida talabalar va yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda universitet talabalari, yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ta’lim tizimidagi islohotlar va istiqbolli rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/159940

#vazir_yoshlar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍9👏2🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

Xitoy delegatsiyasi Xivadagi yangi universitet filiali qurilishi bilan tanishdi


29-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Lyaonin provinsiyasi Xalq hukumati Tashqi aloqalar boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari Chjao Xunbin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli Akmal Salimov hamda universitet rektori Feruza Madrahimova boshchiligida muzokara o‘tkazildi. Muloqotlar davomida tomonlar psixologiya, filologiya va injiniring yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, mehmonlar Urganch davlat universitetining ilmiy va ma’rifiy maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kunning ikkinchi yarmida Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali qurilish maydonida bo‘lishdi.

Batafsil: https://www.urdu.uz/uz/news/5869

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍3👏1😁1