Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Xitoy delegatsiyasi Xivadagi yangi universitet filiali qurilishi bilan tanishdi


29-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Lyaonin provinsiyasi Xalq hukumati Tashqi aloqalar boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari Chjao Xunbin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli Akmal Salimov hamda universitet rektori Feruza Madrahimova boshchiligida muzokara o‘tkazildi. Muloqotlar davomida tomonlar psixologiya, filologiya va injiniring yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, mehmonlar Urganch davlat universitetining ilmiy va ma’rifiy maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kunning ikkinchi yarmida Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali qurilish maydonida bo‘lishdi.

Batafsil: https://www.urdu.uz/uz/news/5869

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍3👏1😁1
14 mingga yaqin yosh muhandislarni bir maydonga jamlagan xalqaro festival o‘z yakuniga yetdi


Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 28–30 aprel kunlari oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yoshlar, muhandislar va innovatorlar uchun haqiqiy tantanaga aylandi. Festival doirasida yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.

Festivalning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Siradjev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirok etib, yosh muhandislarni muborakbod etdilar.

Shuningdek, marosim davomida tanlov va musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar taqdirlanib, ularga pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar hamda yetakchi kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/160120

#Kelajak_muhandislari #Yopilish

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥4👍1
28–30-aprel kunlari oʻtgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining yopilish marosimidan fotolavha

#Kelajak_muhandislari #Yopilish #fotolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤10🔥4👏2