Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Agromuhandislikda dual taʼlim: nazariya va amaliyotning zamonaviy integratsiyasi

1-may kuni “Toshkent traktor zavodi” MCHJda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda agrar soha va muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari uchun “Agromuhandislik sohasida dual taʼlim: hamkorlik va ilgʻor tajribalar almashinuvi” mavzusida oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari Davron Hidoyatov hamda respublika boʻyicha 20 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminarda “Toshkent traktor zavodi” MCHJ bilan agrosanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida talabalarni amaliyotga jalb qilish va dual taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/160513

#agromuhandislik #dual_taʼlim #seminar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍12👏1
Ilmiy faoliyat va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

1-may kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Ilhom Siradjev rahbarligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda oliy ta'lim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, ilmiy grantlar tizimini takomillashtirish, doktorantura samaradorligini oshirish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash hamda universitet–sanoat hamkorligini kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/160504

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5🔥1😁1
Talabalar Navoiy viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari “Milliy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida dual ta’lim jarayoni asosida hududlarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnik vazifalarni amalga oshirayapti.

Ularga universitetning professor-o‘qituvchilari hamda korxonaning malakali mutaxassislari biriktirilgan. O‘rganishlar davomida podstansiyalar, elektr uzatish liniyalari hamda ishlab chiqarish korxonalarining energiya uskunalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha ilmiy-texnik o‘rganishlar amalga oshirilyapti.

Batafsil: https://nsumt.uz/news-page/314

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook| Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Yangi avlod avtomobili

Yangi avlod avtomobili energiya samaradorligi va yuqori texnologik yechimlar uyg‘unligida yaratilgan innovatsion transport vositasi hisoblanadi. Mazkur avtomobil kam energiya sarfi bilan uzoq masofalarni bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy akkumulyator tizimlari va aerodinamik dizayn orqali maksimal unumdorlikni ta’minlaydi. Shu bilan birga, tezlik ko‘rsatkichlari ham inobatga olingan bo‘lib, transport vositasi yuqori harakat dinamikasi va xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🤔4🔥3👏2
#Moliyaviy_savodxonlik #Olimpiada

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadalarining respublika bosqichi rasman boshlandi.

Olimpiada ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq qo‘mitasi, TDIU rahbariyati hamda yurtimizning turli hududlaridan kelgan olimpiada final bosqichi ishtirokchilari qatnashdi.


Mazkur olimpiadalarning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda moliyaviy xavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini oshirishdan iborat .

Olimpiadada umumiy iqtisodiyot nazariyasi (A va B kategoriya), moliya, soliq, bank ishi hamda iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili fanlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilgan. Tadbir ikki bosqichli tarzda o‘tkazilib, respublika bosqichi yakuniy bosqich hisoblanadi .


Olimpiadalarda respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalaridan saralangan iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda. Turkum olimpiadalar doirasida universitet bosqichlarida 20 mingga yaqin talabalar qamrab olingani mazkur loyihaning keng qamrovli ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish davlat siyosati darajasida ustuvor vazifa sifatida qaralayotganini anglatadi.


Tadbir doirasida ishtirokchilar test sinovlari, hisob-kitob masalalari va amaliy keyslar asosida bilim va ko‘nikmalarini namoyon etadilar. Yakunda har bir fan bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3👏2🔥1