Talabalar Navoiy viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari “Milliy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida dual ta’lim jarayoni asosida hududlarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnik vazifalarni amalga oshirayapti.
Ularga universitetning professor-o‘qituvchilari hamda korxonaning malakali mutaxassislari biriktirilgan. O‘rganishlar davomida podstansiyalar, elektr uzatish liniyalari hamda ishlab chiqarish korxonalarining energiya uskunalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha ilmiy-texnik o‘rganishlar amalga oshirilyapti.
Batafsil: https://nsumt.uz/news-page/314
👉 На русском
👉 In English
Facebook| Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook| Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari
😅 Kelajak muhandislari: Yangi avlod avtomobili
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yangi avlod avtomobili energiya samaradorligi va yuqori texnologik yechimlar uyg‘unligida yaratilgan innovatsion transport vositasi hisoblanadi. Mazkur avtomobil kam energiya sarfi bilan uzoq masofalarni bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy akkumulyator tizimlari va aerodinamik dizayn orqali maksimal unumdorlikni ta’minlaydi. Shu bilan birga, tezlik ko‘rsatkichlari ham inobatga olingan bo‘lib, transport vositasi yuqori harakat dinamikasi va xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🤔4🔥3👏2
#Moliyaviy_savodxonlik #Olimpiada
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadalarining respublika bosqichi rasman boshlandi.
Mazkur olimpiadalarning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda moliyaviy xavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini oshirishdan iborat .
Tadbir doirasida ishtirokchilar test sinovlari, hisob-kitob masalalari va amaliy keyslar asosida bilim va ko‘nikmalarini namoyon etadilar. Yakunda har bir fan bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadalarining respublika bosqichi rasman boshlandi.
Olimpiada ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq qo‘mitasi, TDIU rahbariyati hamda yurtimizning turli hududlaridan kelgan olimpiada final bosqichi ishtirokchilari qatnashdi.
Mazkur olimpiadalarning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda moliyaviy xavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini oshirishdan iborat .
Olimpiadada umumiy iqtisodiyot nazariyasi (A va B kategoriya), moliya, soliq, bank ishi hamda iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili fanlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilgan. Tadbir ikki bosqichli tarzda o‘tkazilib, respublika bosqichi yakuniy bosqich hisoblanadi .
Olimpiadalarda respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalaridan saralangan iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda. Turkum olimpiadalar doirasida universitet bosqichlarida 20 mingga yaqin talabalar qamrab olingani mazkur loyihaning keng qamrovli ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish davlat siyosati darajasida ustuvor vazifa sifatida qaralayotganini anglatadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar test sinovlari, hisob-kitob masalalari va amaliy keyslar asosida bilim va ko‘nikmalarini namoyon etadilar. Yakunda har bir fan bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_olimpiadasi
Adju universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” o‘tkazildi
Toshkent shahridagi Adju universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Mahmudov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, yetakchi sport federatsiyalari vakillari, sport faxriylari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Batafsil: https://ajou.uz/uz/post/new?id=730

❤7👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz sizni kasblar festivalida kutamiz
5-may “Kasb va mehnat kuni” doirasidagi kasblar festivalida sizni nimalar kutmoqda?
Asosiy tadbirda:
✅ “Kasblar ko‘rgazmasi” pavilyonlarida o‘quvchi-yoshlar va ota-onalar turli sohalarga oid kasblar bilan yaqindan tanishadi;
✅ Zamonaviy VR texnologiyalar bilan kasblarni sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi;
✅ Xorijda mehnat qilish tartiblari, suhbatdan o‘tish ko‘nikmalari va huquqiy maslahatlar beriladi;
✅ O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi;
✅ “Psixolog maslahati” maydonida esa yoshlar kasb tanlash bo‘yicha mutaxassislardan foydali tavsiyalar oladi;
✅ Yirik tadbirkorlar, startap egalarining yoshlar bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi;
✅ Yopilish marosimida yoshlarning sevimli xonandalari ishtirokida gala-konsert taqdim etiladi.
🗓 Sana: 5-may
📍 Manzil: “Alpomish” muz saroyi
🕙Ochilish marosimi: 10:00
🎉 Taqdirlash va gala-konsert: 17:00
🎟Kirish: barcha uchun ochiq
Kel, kasb tanla va hayotingni yangila!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5-may “Kasb va mehnat kuni” doirasidagi kasblar festivalida sizni nimalar kutmoqda?
Asosiy tadbirda:
🕙Ochilish marosimi: 10:00
🎟Kirish: barcha uchun ochiq
Kel, kasb tanla va hayotingni yangila!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakuniga yetayotgan hafta avvalida Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga safar qildi.
Tashrif davomida ta’mirtalab ta’lim muassasalari ko‘zdan kechirilib, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha loyihalar o‘rganilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining viloyatdagi tashabbuslari haqida «Missiya»ning navbatdagi sonida tez orada tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1🔥1