Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Mingga yaqin g‘oliblarni qamrab olgan mega loyiha — “Milliy tanlov” natijalari eʼlon qilindi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Milliy tanlov”ni o‘tkazish hamda unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va yoshlarni taqdirlash belgilangan edi.

Taqdirlash marosimida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi.

Soʻnggi natijalarga koʻra “Milliy tanlov”ning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha quyidagilar gʻolib boʻldi:

“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti va Buxoro davlat universiteti gʻolib deb topildi.

Gʻoliblar:
– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 mln soʻm,
– Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln soʻm,
– Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Batafsil.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Art engineering

Mazkur yo‘nalish O‘zbekistonda hamda jahon miqyosida yangi va istiqbolli soha sifatida shakllanib, san’at va muhandislik (engineering) uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi. Ushbu integratsiya innovatsion yondashuvlar asosida nafaqat texnologik samaradorlikni oshirishga, balki estetik jihatdan mukammal va funksional yechimlar yaratishga xizmat qiladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4🔥2🥰1
Germaniya delegatsiyasi bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 2-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi parlament davlat kotibi Yoxann Zaatxoff boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur muloqot Germaniya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida, jumladan Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik yigʻilishi arafasida tashkil etildi. Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida oliy va kasbiy taʼlim taʼlim, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/160830

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7👏1
“DIGI-TEACH UZ” pilot loyihasiga start berildi

2-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda Coursera Inc. kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktori Larissa Wheatcroft oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda “DIGI-TEACH UZ” pilot loyihasini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xarita imzolandi. Tomonlar loyihaning amaliy jihatlari, uni bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari va uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/160844

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5👏1