Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Moliyaviy_savodxonlik #Olimpiada

Xabar qilganimizdek, 2–3-may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha respublika turkum fan olimpiadalari o‘tkazildi.

Talabalarning iqtisodiy va moliyaviy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ushbu olimpiadada munosib qatnashib, yuqori natijalar qayd etgan iqtidorli talaba-yoshlar tantanali ravishda I, II va III darajali diplomlar, noutbuk, planshet hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar va mehmonlar uchun maxsus konsert dasturi tashkil etilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤17👍11👏3🤔2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali – innovatsion fikrlaydigan yangi avlod maydoni

28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 13 mingdan ortiq yoshlarni birlashtirib, ularning muhandislik va innovatsion salohiyatini namoyon etish uchun yirik platformaga aylandi.

#Kelajak_muhandislari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤9🥰1👏1🤩1
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yigʻilishida nutq soʻzlamoqda.

Davlatimiz rahbari tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi:

“Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda oʻtkazilayotgani bizga albatta gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlovchi markaz boʻlib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yoʻllari tutashgan.

Buyuk tarix va yorqin kelajakni oʻzida mujassam etgan Yangi Oʻzbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda.

Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilgʻor fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

Yangi Oʻzbekistonga xush kelibsiz!”
.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
Bugun raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda. Jahon savdo tashkiloti prognozlariga koʻra, 2040-yilga borib, sunʼiy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qoʻshimcha 40 foizga oshadi.

Oʻzbekistonda ham axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishildi. Innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sunʼiy intellekt xabini tashkil qilish boshlandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalari ustida ishlanmoqda.

Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sunʼiy intellekt laboratoriyalarini koʻpaytirish, “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash boʻyicha dasturlar amalga oshirilmoqda.

“Bu yoʻnalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman”,

– dedi Prezidentimiz.

Albatta, taʼlim, tibbiyot, suv xoʻjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ham ochiq sunʼiy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.

Buning uchun Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishini maʼlum qildi hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
#Kasblarfestivali
#Dastur

Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan “Kasblar festivali”ning batafsil dasturi bilan tanishing


Tadbir davomida ishtirokchilar uchun turli yo‘nalishlarda amaliy va interaktiv jarayonlar tashkil etiladi.

📍Tadbirlar “Alpomish” muz saroyida o‘tkaziladi.
🕙Ochilish marosimi: 10:00

Batafsil dastur bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

Barchangizni ushbu keng qamrovli va foydali tadbirda kutib qolamiz!

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#Talabalar_sporti

Andijonda “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi


Bugun, 4-may kuni Andijon davlat universitetining “Universal” sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, dzyudo bo‘yicha “Parij–2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova, shuningdek oliy ta’lim muassasalari talabalari, jismoniy tarbiya fani ustozlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/161288

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3