Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Talabalar milliy kurash bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan milliy kurash musobaqalarida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham yuqori natijalarni qayd etdi.

🏆Qizg'in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etish barobarida sovrinli o‘rinlarni ham qo‘lga kiritdi.

🔹 81 kg vazn toifasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulaxatov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylandi.

🔹 66 kg vazn toifasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Asadbek Mohirov 1-o‘rinni egalladi.

🔹 Shu vazn toifasida Termiz davlat universiteti talabasi Akobir Qurbonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/161454

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
#kasblar_festivali
#ochilish
#live

“Kasb va mehnat kuni” doirasida kasblar festivali ochilish marosimi boshlandi


Xabar berganimizdek, ayni paytda Toshkent shahridagi Alpomish muz saroyida 5-may — “Kasb va mehnat kuni”ni keng nishonlash hamda kasblar jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Kasblar festivali”ning ochilish marosimi boshlandi.

Mazkur tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan texnikum o‘quvchilari ishtirok etib, turli kasb yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda. Ushbu ko‘rgazmalar orqali yoshlar o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.

▶️ Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/live/W-ag0cIzkpA?si=8aDgII7zrwCJiZRX

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
#Talabalar_sporti

Andijonda Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi


Andijon viloyatida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichiga tantanali ravishda start berildi. Nufuzli sport tadbiri Andijon shahridagi “Bobur Arena” o‘yingohida yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport bayramida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar, murabbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👏9🔥2
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilaridan diplom himoyasidan oldin turli hujjatlar — jumladan, oʻzini oʻzi band qilgani toʻgʻrisida maʼlumot, rasmiy ish joyidan maʼlumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi murojaatlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Amaldagi tartibga muvofiq, bitiruvchilardan bitiruv malakaviy ishiga kiritish yoki diplom berish jarayonida ish bilan bandligiga oid har qanday qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish belgilanmagan. Bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qoʻyish faqatgina oʻquv jarayoni bilan bogʻliq talablar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar bandligini tahlil qilish va ularning mehnat bozoriga chiqish jarayonini kuzatib borish maqsadida Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilingan holda monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar raqamli platformalar orqali avtomatik tarzda olib boriladi va talabalardan qoʻshimcha tasdiqlovchi hujjatlarni majburiy tarzda talab qilishni nazarda tutmaydi.

Vazirlik tomonidan barcha oliy taʼlim tashkilotlariga bitiruvchilar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, ularga nisbatan ortiqcha byurokratik talablar qoʻymaslik hamda har qanday maʼlumotlarni yigʻishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁20👏15👍6🤔3😱2
#Kasblar_festivali

“Kasblar festivali – 2026” – kasbiy taʼlim va mehnat qadriyatlarini targʻib etuvchi yirik loyiha


2026-yildan boshlab 5-may sanasi yurtimizda “Kasb va mehnat kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Mazkur sana doirasida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kasblarning nufuzini oshirish, kasbiy taʼlimni ommalashtirish hamda zamonaviy mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlashga qaratilgan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sana munosabati bilan 5-may kuni Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida mamlakatimizda ilk bor keng koʻlamli “Kasblar festivali – 2026” tashkil etildi. Tadbirni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi va Britaniya Kengashining Oʻzbekiston vakili Maykl Holgeyt ochib berdi.

Festivalda UNDP, British Council, KOICA, Knauf kabi xalqaro tashkilotlar hamda WorldSkills Uzbekistan, “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Ustoz AI” kabi loyihalar ishtirok etmoqda.

“Kasblar festivali – 2026” kasbiy taʼlimni rivojlantirish, yoshlarni ongli kasb tanlashga yoʻnaltirish hamda mehnat qadriyatlarini jamiyatda mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim platforma boʻlib, hol
ining, ayniqsa yoshlarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish, kasbiy taʼlimni keng targʻib qilish hamda ularni zamonaviy va talab yuqori boʻlgan sohalarga yoʻnaltirishga xizmat qiladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5