#Kasblar_festivali
“Kasblar festivali – 2026” – kasbiy taʼlim va mehnat qadriyatlarini targʻib etuvchi yirik loyiha
2026-yildan boshlab 5-may sanasi yurtimizda “Kasb va mehnat kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Mazkur sana doirasida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kasblarning nufuzini oshirish, kasbiy taʼlimni ommalashtirish hamda zamonaviy mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlashga qaratilgan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sana munosabati bilan 5-may kuni Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida mamlakatimizda ilk bor keng koʻlamli “Kasblar festivali – 2026” tashkil etildi. Tadbirni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi va Britaniya Kengashining Oʻzbekiston vakili Maykl Holgeyt ochib berdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Festivalda UNDP, British Council, KOICA, Knauf kabi xalqaro tashkilotlar hamda WorldSkills Uzbekistan, “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Ustoz AI” kabi loyihalar ishtirok etmoqda.
“Kasblar festivali – 2026” kasbiy taʼlimni rivojlantirish, yoshlarni ongli kasb tanlashga yoʻnaltirish hamda mehnat qadriyatlarini jamiyatda mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim platforma boʻlib, hol
ining, ayniqsa yoshlarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish, kasbiy taʼlimni keng targʻib qilish hamda ularni zamonaviy va talab yuqori boʻlgan sohalarga yoʻnaltirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5
Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat
Joriy yilning 5-may kuni Islom sivilizatsiyasi markazida Malayziya Qirolichasi Oliy Hazratlari Radja Zarit Sofiya ishtirokida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Malayziya oliy taʼlim vaziri Zambry Abd Kadir, davlat idoralari vakillari, oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, yetakchi olim, tadqiqotchi, ekspert, maʼnaviy-maʼrifiy doira vakillari, shuningdek, turli mamlakatlardan yosh mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida islom ilmiy merosini oʻrganishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, musulmon olimlarining jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini xolis baholash masalalari muhokama qilinadi.

Vazir Q. Sharipov oʻz nutqida taʼkidlaganidek, “Malayziyaning zamonaviy taraqqiyot yoʻli shuni koʻrsatadiki, anʼanaviy qadriyatlarni zamonaviy taʼlim, innovatsiyalar va mehnat bozori talablari bilan uygʻunlashtirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Oʻzbekiston ham aynan shu yoʻldan bormoqda — yoshlarni bilimli, kasb egasi va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi.”
Konferensiya davomida islom ilmiy merosini oʻrganishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, musulmon olimlarining jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini xolis baholash masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥1
#xalqaro_konferensiya
Konferensiya doirasida Malayziya texnologiya universiteti bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qator yetakchi ilmiy-taʼlim va tadqiqot muassasalari — Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

👍14❤8