Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat

Joriy yilning 5-may kuni Islom sivilizatsiyasi markazida Malayziya Qirolichasi Oliy Hazratlari Radja Zarit Sofiya ishtirokida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Malayziya oliy taʼlim vaziri Zambry Abd Kadir, davlat idoralari vakillari, oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, yetakchi olim, tadqiqotchi, ekspert, maʼnaviy-maʼrifiy doira vakillari, shuningdek, turli mamlakatlardan yosh mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar.

Vazir Q. Sharipov oʻz nutqida taʼkidlaganidek, “Malayziyaning zamonaviy taraqqiyot yoʻli shuni koʻrsatadiki, anʼanaviy qadriyatlarni zamonaviy taʼlim, innovatsiyalar va mehnat bozori talablari bilan uygʻunlashtirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Oʻzbekiston ham aynan shu yoʻldan bormoqda — yoshlarni bilimli, kasb egasi va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi.”


Konferensiya davomida islom ilmiy merosini oʻrganishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, musulmon olimlarining jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini xolis baholash masalalari muhokama qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥1
#xalqaro_konferensiya

Konferensiya doirasida Malayziya texnologiya universiteti bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qator yetakchi ilmiy-taʼlim va tadqiqot muassasalari — Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Eko daraxt

Ekologiyamizda kuzatilayotgan muammolarga innovatsion yechim sifatida ishlab chiqilgan ushbu qurilma havodagi chang, tutun va zararli gazlarni o‘ziga yutib, atrof-muhitga toza kislorod chiqaradi. Shu bilan birga, u havoda tarqalayotgan bakteriya va viruslardan himoya qilish imkonini ham ta’minlaydi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍5🔥2😁2🤩2