Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat

Joriy yilning 5-may kuni Islom sivilizatsiyasi markazida Malayziya Qirolichasi Oliy Hazratlari Radja Zarit Sofiya ishtirokida “Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, dolzarb masalalar va salohiyat” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Malayziya oliy taʼlim vaziri Zambry Abd Kadir, davlat idoralari vakillari, oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, yetakchi olim, tadqiqotchi, ekspert, maʼnaviy-maʼrifiy doira vakillari, shuningdek, turli mamlakatlardan yosh mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar.

Vazir Q. Sharipov oʻz nutqida taʼkidlaganidek, “Malayziyaning zamonaviy taraqqiyot yoʻli shuni koʻrsatadiki, anʼanaviy qadriyatlarni zamonaviy taʼlim, innovatsiyalar va mehnat bozori talablari bilan uygʻunlashtirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Oʻzbekiston ham aynan shu yoʻldan bormoqda — yoshlarni bilimli, kasb egasi va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi.”


Konferensiya davomida islom ilmiy merosini oʻrganishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, musulmon olimlarining jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini xolis baholash masalalari muhokama qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥1
#xalqaro_konferensiya

Konferensiya doirasida Malayziya texnologiya universiteti bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qator yetakchi ilmiy-taʼlim va tadqiqot muassasalari — Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Eko daraxt

Ekologiyamizda kuzatilayotgan muammolarga innovatsion yechim sifatida ishlab chiqilgan ushbu qurilma havodagi chang, tutun va zararli gazlarni o‘ziga yutib, atrof-muhitga toza kislorod chiqaradi. Shu bilan birga, u havoda tarqalayotgan bakteriya va viruslardan himoya qilish imkonini ham ta’minlaydi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍5🔥2😁2🤩2
Malakalarni tan olish boʻyicha xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mazkur muloqotda oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish hamda global taʼlim maydonida integratsiya jarayonlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston tomonidan YUNESKO doirasida qabul qilingan oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish boʻyicha global konvensiyani ratifikatsiya qilgandan keyingi amaliy qadamlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar mazkur hujjatni samarali amalga oshirish, xorijiy malakalarni tan olish tizimini takomillashtirish, shuningdek, milliy darajada tegishli institutsional mexanizmlarni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishdilar.


Uchrashuv davomida xalqaro tajribani joriy etish, milliy axborot infratuzilmasini shakllantirish hamda sohadagi institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan keyingi qadamlar kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍8👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonning 9 ta texnik universitet jamoalari Xitoydagi xalqaro musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

O‘zbekiston Robototexnika va Muhandislik Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “FIRST Uzbekistan Championship” xalqaro robototexnika musobaqasida 3 yoʻnalish boʻyicha 7 davlatdan 90 ta jamoa ishtirok etdi. Ular orasida yurtimiz texnik oliy taʼlim muassasalarining 10 ta jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Qizgʻin va shiddatli bellashuvlar yakuniga koʻra, 9 ta Oʻzbekiston texnik universiteti jamoalari yuqori natijalarni qayd etib, FIRST China Championship musobaqasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritdi:

✅Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
✅Nukus davlat texnika universiteti
✅Toshkent davlat transport universiteti
✅Olmaliq davlat texnika universiteti
✅Toshkent davlat texnika universiteti
✅Andijon davlat texnika universiteti
✅Jizzax politexnika instituti
✅Buxoro davlat texnika universiteti
✅Namangan davlat texnika universiteti


Bu yurtimizda muhandislik taʼlimi va robototexnika sohasi jadal rivojlanayotgani natijasidir.

Endi ushbu jamoalar Xitoyda boʻlib oʻtadigan nufuzli xalqaro maydonda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤14🔥4
#Barkamol_avlod #Futbol

Navoiyda
“Barkamol avlod – 2026” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

4–9-may kunlari o‘tkaziladigan “Barkamol avlod – 2026” sport musobaqalarining respublika final bosqichi futbol bahslariga Navoiy viloyati mezbonlik qilmoqda.

Akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 9 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍1