Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2026-yilgi sovrindorlari aniqlandi.

5-may kuni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilhom” mukofoti tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Unga ko‘ra 130 ta eng sara ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning o‘ziga xosligi, badiiylik darajasi kabi mezonlar asosida baholandi.

🌟 G‘oliblar bilan tanishing:

🥇1-o‘rin: Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universiteti, 4-bosqich talabasi;
🥈2-o‘rin: Azamatova Sevinch Shuxrat qizi – Samarqand davlat universiteti, 2-bosqich talabasi;
🥉3-o‘rin: Xurramov Abbos Baxromovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tadqiqotchisi.

🌟 Rag‘batlantiruvchi mukofotga tavsiya etilganlar:

↪️ Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li – Jamoat xavfsizligi universiteti;
↪️ Ismoilova Fotima Izzat qizi – Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti;
↪️ Nizomova Kamola Vohid qizi –Buxoro davlat universiteti magistranti.

✅ Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘ringa 100 barobari, 2-o‘ringa 80 barobari, 3-o‘ringa 40 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

👏 Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥2
#XotiraQadrlash

Ajdodlar xotirasiga ehtirom va tarix saboqlari

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati hamda talaba-yoshlari “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muzey mutaxassislari tomonidan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining tashkil etilish tarixi, uning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati hamda xalqimiz boshidan kechirgan murakkab tarixiy davrlarni xolis oʻrganishdagi oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi.


Talaba-yoshlarga qatagʻon yillarida millat ravnaqi, ilm-fan, maʼrifat va Vatan ozodligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida soʻzlab berildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3👍1
#startap

🔵 “Startaplar kuni” da ishtirok eting!

Samarqandda startap loyihalarni ko‘rib chiqish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan platforma ish boshladi.

🔹Endilikda haftaning har chorshanba kuni soha mas’ullari ishtirokida “Startaplar kuni” uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar loyiha davomida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

- O‘z loyihasi, mahsuloti yoki prototipini taqdim etish;
- Mutaxassislardan professional tahlil va tavsiyalar olish;
- Loyihani amaliyotga joriy etish va hamkorlar topish bo‘yicha yordam olish.


Ro‘yxatdan o‘tish: @samauthbot

📍 Manzil: Samarqand shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 53-uy.
📊 Vaqti: 16:00
➡️ Ma’lumot uchun: +998 99 336 25 21

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
#IslomSivilizatsiyasi_markazi

Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida

Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishib, yurtimizning boy tarixi va beqiyos ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Markazda ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning bebaho merosi bilan yaqindan tanishdim. Ayniqsa, qadimiy qo‘lyozmalar va interaktiv ko‘rgazmalar meni chuqur o‘ylantirdi. Shunday buyuk ajdodlarimiz borligi bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Kelajakda ularga munosib bo‘lish uchun yanada ko‘proq o‘qib, izlanishga intilaman,— deydi universitet talabasi Abdulhamid Muqimov.


Mazkur tashrif talaba-yoshlar ongida milliy tariximizga hurmat, davlatchilik an’analariga sadoqat, buyuk ajdodlarimiz merosiga e’tibor va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🤩4
Qarshida “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi: bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar


2026-yilning 7-may kuni Qarshi davlat universitetida viloyatdagi minglab yoshlarni va ish beruvchilarni bir nuqtada jamlaydigan “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda nafaqat tayyor ish topish, balki oʻz biznesini boshlash istagida boʻlgan yoshlar uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va tadbirkorlik boʻyicha mutaxassislarning bepul konsultatsiyalari tashkil qilinadi.

Tadbir Qarshi davlat universiteti hududida boʻlib oʻtadi. Barcha bitiruvchilar va faol yoshlarni “kelajak kasbiga ilk qadam”ni tashlashga taklif etamiz!

#TalabaExpo_2026 #Qashqadaryo

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6