Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#startap

🔵 “Startaplar kuni” da ishtirok eting!

Samarqandda startap loyihalarni ko‘rib chiqish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan platforma ish boshladi.

🔹Endilikda haftaning har chorshanba kuni soha mas’ullari ishtirokida “Startaplar kuni” uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar loyiha davomida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

- O‘z loyihasi, mahsuloti yoki prototipini taqdim etish;
- Mutaxassislardan professional tahlil va tavsiyalar olish;
- Loyihani amaliyotga joriy etish va hamkorlar topish bo‘yicha yordam olish.


Ro‘yxatdan o‘tish: @samauthbot

📍 Manzil: Samarqand shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 53-uy.
📊 Vaqti: 16:00
➡️ Ma’lumot uchun: +998 99 336 25 21

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
#IslomSivilizatsiyasi_markazi

Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida

Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishib, yurtimizning boy tarixi va beqiyos ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Markazda ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning bebaho merosi bilan yaqindan tanishdim. Ayniqsa, qadimiy qo‘lyozmalar va interaktiv ko‘rgazmalar meni chuqur o‘ylantirdi. Shunday buyuk ajdodlarimiz borligi bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Kelajakda ularga munosib bo‘lish uchun yanada ko‘proq o‘qib, izlanishga intilaman,— deydi universitet talabasi Abdulhamid Muqimov.


Mazkur tashrif talaba-yoshlar ongida milliy tariximizga hurmat, davlatchilik an’analariga sadoqat, buyuk ajdodlarimiz merosiga e’tibor va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🤩4
Qarshida “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi: bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar


2026-yilning 7-may kuni Qarshi davlat universitetida viloyatdagi minglab yoshlarni va ish beruvchilarni bir nuqtada jamlaydigan “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda nafaqat tayyor ish topish, balki oʻz biznesini boshlash istagida boʻlgan yoshlar uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va tadbirkorlik boʻyicha mutaxassislarning bepul konsultatsiyalari tashkil qilinadi.

Tadbir Qarshi davlat universiteti hududida boʻlib oʻtadi. Barcha bitiruvchilar va faol yoshlarni “kelajak kasbiga ilk qadam”ni tashlashga taklif etamiz!

#TalabaExpo_2026 #Qashqadaryo

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣 “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

🏆 Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin – 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin – 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm.

⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi tahsil olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🤔5😁3👍1
🇮🇹 "Oliy hamshiralik ishi" diplomiga ega hamyurtlarimiz uchun Italiyada ishlash imkoniyati

Oliy ma’lumotli hamshirasiz va Yevropada ishlashni xohlaysizmi?
Migratsiya agentligi Sizni Italiyaning Milan shahriga ishga taklif etadi!

DASTURNING QULAYLIKLARI BORMI?
- Italiyaning Perugia Universiteti hamkorligida tashkil qilingan italyan tili kursida o’zingizga qulay joy va qulay vaqtda 7 oy davomida onlayn o'qiysiz.
- Oqish xarajatlarini Migratsiya agentligi to'lab beradi (oyiga 550 yevro)


⌛️Bugun ro’yxatdan o’tsangiz ertadan darslarga qo’shilasiz!

🏥 Kursni muvaffaqqiyatli yakunlagach, Italiyaning Milan shahrida 1800 yevro maoshli ish bilan ta'minlanasiz.


👩‍⚕️🧑‍⚕️Dastur allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Ilk ishtirokchilar italyan tibbiyoti standartlarini o'rganishga muvaffaq bo'lishdi. Endi navbat sizga!

Ariza qoldirish

☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun: 712023355 (535)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
#Boysun_bahori

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari “Boysun bahori” festivalida


Ayni kunlarda Boysun tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Milliy madaniy merosni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotgan ushbu festival jarayonlari qizg‘in va mazmunli tarzda davom etmoqda.


Festival doirasida sharqshunos talabalar festival voqealarini sharq tillarida yoritib borish bilan birga, Boysun tumanining boy madaniy merosi va turistik obyektlari haqida ham ma’lumotlar tayyorlamoqda. Xususan, tarixiy maskanlar, milliy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi hamda hududning o‘ziga xos urf-odatlarini aks ettiruvchi materiallar asosida “Boysun bahori” va Boysun tumani haqida maxsus jurnal yaratish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🤩1
#Dayjest #Sport_kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-maydagi 176-son buyrug‘iga muvofiq, haftaning chorshanba kuni “Sport kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan oliy ta’lim tashkilotlarida bir qator sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.


⏩O‘zbekiston milliy universiteti;
⏩Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
⏩O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;
⏩Namangan davlat texnika universiteti;
⏩Buxoro davlat universiteti;
⏩SamDU Urgut filiali;
⏩Buxoro davlat pedagogika instituti;
⏩Andijon davlat tibbiyot instituti;
⏩Urganch davlat universiteti;
⏩Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
⏩Urganch davlat pedagogika instituti;
⏩Farg‘ona davlat universiteti;
⏩Guliston davlat pedagogika instituti;
⏩Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
⏩Termiz davlat pedagogika instituti;
⏩Fan va texnologiyalar universiteti;
⏩Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
⏩Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
⏩Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
⏩Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;
⏩Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
⏩Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
⏩Samarqand davlat pedagogika instituti;
⏩Milliy estrada sanʼati instituti;
⏩Chirchiq davlat pedagogika universiteti;


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🔥1