Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

🔗Qaror bilan Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari toʻgʻrisida va Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchasi”ni tashkil etish va faoliyatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan.

🔼Ichki va tashqi mehnat bozori uchun raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni tayyorlash maqasadida Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari tashkil etiladi.

📼 Ilgʻor texnikumda amaldagi qonunchilikka muvofiq boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi.

🔄 Unda har bir guruhdagi oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi va oʻquvchilar belgilangan tartibda qabul qilinadi.

📁 Ilgʻor texnikumda xalqaro standartlar (ISO, WorldSkills va boshqalar) asosida oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida taʼlim beriladi;

➡️Ilgʻor texnikumlar va ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida reyting koʻrsatkichlari ishlab chiqiladi.

➡️Shuningdek, qaror bilan Ilgʻor texnikumlarda “Kasblar shaharchasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.

📝Kasblar shaharchasining maqsadi — maktab oʻquvchilarini toʻgʻri kasb tanlashga undash, kasblarga mehr uygʻotish va kelgusidagi taʼlim trayektoriyasini ongli ravishda tanlashiga koʻmaklashish.

✅“Kasblar shaharchasi” quyidagi interaktiv zonalardan tashkil topadi:

🟢Axborot-maslahat zonasi;
🟢Texnologik zona;
🟢Sanoat va muhandislik zonasi;
🟢Servis va xizmat koʻrsatish zonasi;
🟢Mahorat maydonchasi.

💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
#xalqaro_hamkorlik

Yevropa klinikalarida oʻzbekistonlik tibbiyot kadrlarini ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Penta Hospitals International kompaniyasi bosh direktori Peter Ledniski bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda oliy taʼlim va professional taʼlim sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa tibbiyot yoʻnalishida xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Kompaniya vakillari oʻz faoliyati, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi klinikalar tarmogʻi hamda tibbiy kadrlarga boʻlgan ehtiyoj haqida maʼlumot berib, Oʻzbekiston bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirdilar.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162569

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Silk Road Bukhara – unutilmas hissiyotlar, yuksak yutuqlar va yorqin lahzalarga boy ommaviy yugurish musobaqasi! 🔥

Bu – Silk Road Uzbekistan🇺🇿 yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi shahar. Nukus va Samarqandning diqqatga sazovor hamda tarixiy maskanlari bo‘ylab ommaviy yugurish musobaqalari muvaffaqiyatli start oldi.

Oldinda sizni quyidagi poygalar kutmoqda:
📍Toshkent – 17-may
📍Qo‘qon – 24-may

Perfend.com platformasida ro‘yxatdan o‘ting.
_ _ _ _ _ _ _

Silk Road Bukhara - незабываемый забег эмоций, высоких достижений и ярких моментов 🔥

Это уже третий город по маршруту Silk Road Uzbekistan🇺🇿. Успешно стартовали забеги в Нукусе и Самарканде по значимым и историческим местам городского пространства.

Впереди ждут следующие забеги:
📍Ташкент - 17 мая
📍Коканд - 24 мая

Регистрация на платформе Perfend. com

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17
Erasmus+ axborot seminarida ishtirok eting!

Professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro imkoniyat eshiklari yanada keng ochilmoqda!

Joriy yilning 7-may kuni, soat 10:00 dan 13:30 gacha Renessans universitetida Erasmus+ axborot seminari bo‘lib o‘tadi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Erasmus+ milliy ofisi hamda Renessans universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.


Tadbir davomida Erasmus+ dasturlari, oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro imkoniyatlar, Jan Monne yo‘nalishi, grant loyihalari tayyorlash, hamkorlar topish va xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Erasmus+
loyihalarida ishtirok etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va grant imkoniyatlaridan foydalanishni istagan professor-o‘qituvchilarni ushbu seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.


Tadbir onlayn va offlayn formatda bo'lib o'tadi:

ZOOM: https://us06web.zoom.us/j/83559157836?pwd=gcqnmNMi6bV4UwvPVuDxJIXVv8gGjZ.1

Konferensiya identifikatori:

835 5915 7836
Kod: 647584

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo_2026
#Qashqadaryo #Live

Ayni paytda Qarshi davlat universitetida talabalar va ish beruvchilarni o‘zaro bog‘lovchi “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi boshlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2
#Tashrif #Xotira

Ajdodlar xotirasiga hurmat — muqaddas qadriyat

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurilib, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasi yod etildi, gulchambarlar qo‘yildi.

Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurilib, tarixiy meros bilan tanishildi. Tadbir davomida tarixiy maskanlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, tarixiy xotirani asrash hamda Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.


Tadbirlar “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2👏1
💻 7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni


Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biriga aylanib bormoqda. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, zamonaviy axborot tizimlarini rivojlantirish hamda innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etishda ushbu soha vakillarining munosib hissasi beqiyosdir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida samarali faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar hamda mamlakatimizning raqamli taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤10😁1
Qashqadaryoda “TalabaExpo–2026”: yoshlar bandligi va istiqbolli karyera sari

Bugun, 7-may kuni Qarshi davlat universitetida viloyatdagi minglab yoshlarni va ish beruvchilarni bir nuqtada jamlagan “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini munosib ish bilan taʼminlash va ularning kasbiy trayektoriyasini toʻgʻri belgilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. “TalabaExpo–2026” koʻrgazmasi aynan shu maqsad yoʻlida Oʻzbekiston Milliy banki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligining yaqin hamkorligida tashkil etildi.


Bu galgi “TalabaExpo” koʻrgazmada viloyat va respublika miqyosidagi 140 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlar oʻz stendlari bilan ishtirok etmoqda. Bitiruvchilar uchun 1000 dan ziyod haqiqiy ish oʻrinlari taklif etiladi. Shuningdek, hali oʻqishni tamomlamagan talabalar uchun haq toʻlanadigan amaliyot va stajirovka dasturlari taqdim etilmoqda.

#TalabaExpo_2026 #Qashqadaryo #Live

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162762

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤3🔥1🎉1