Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tashrif #Xotira

Ajdodlar xotirasiga hurmat — muqaddas qadriyat

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurilib, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasi yod etildi, gulchambarlar qo‘yildi.

Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurilib, tarixiy meros bilan tanishildi. Tadbir davomida tarixiy maskanlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, tarixiy xotirani asrash hamda Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.


Tadbirlar “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2👏1
💻 7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni


Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biriga aylanib bormoqda. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, zamonaviy axborot tizimlarini rivojlantirish hamda innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etishda ushbu soha vakillarining munosib hissasi beqiyosdir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida samarali faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar hamda mamlakatimizning raqamli taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤10😁1
Qashqadaryoda “TalabaExpo–2026”: yoshlar bandligi va istiqbolli karyera sari

Bugun, 7-may kuni Qarshi davlat universitetida viloyatdagi minglab yoshlarni va ish beruvchilarni bir nuqtada jamlagan “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini munosib ish bilan taʼminlash va ularning kasbiy trayektoriyasini toʻgʻri belgilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. “TalabaExpo–2026” koʻrgazmasi aynan shu maqsad yoʻlida Oʻzbekiston Milliy banki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligining yaqin hamkorligida tashkil etildi.


Bu galgi “TalabaExpo” koʻrgazmada viloyat va respublika miqyosidagi 140 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlar oʻz stendlari bilan ishtirok etmoqda. Bitiruvchilar uchun 1000 dan ziyod haqiqiy ish oʻrinlari taklif etiladi. Shuningdek, hali oʻqishni tamomlamagan talabalar uchun haq toʻlanadigan amaliyot va stajirovka dasturlari taqdim etilmoqda.

#TalabaExpo_2026 #Qashqadaryo #Live

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162762

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤3🔥1🎉1