Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xotira_va_qadrlash #Talabalar #MilliyQadriyatlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar uchun qator muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildi


Jumladan, ular Islom sivilizatsiyasi markazi, Amir Temur muzeyi, Oʻzbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi, “JAR” sport majmuasida joylashgan Ichki ishlar vazirligi muzeyi hamda Shon-sharaf davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashriflar davomida ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar, arxiv materiallari hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar orqali yurtimizning boy tarixi, madaniyati va huquqiy tizimi haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👏3👍1
Startap ekotizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Plug and Play Tech Center kompaniyasining mintaqaviy direktori Alfredo Gomes Soriya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Asror Norov hamda Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi direktori Akbarxon Sobirxonov ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Plug and Play Tech Center — AQSHning Kremniy vodiysida tashkil etilgan xalqaro innovatsion platforma va venchur akselerator hisoblanadi. Kompaniya startaplar, yirik korporatsiyalar, investorlar, universitetlar va davlat tashkilotlari oʻrtasida innovatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish hamda istiqbolli texnologik loyihalarni global bozorlarga olib chiqish bilan shugʻullanadi. Platforma dunyo boʻylab 65 dan ortiq ofis, 600 dan ziyod korporativ hamkor va 100 mingdan ortiq startaplar ekotizimiga ega.


Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda universitet startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va xalqaro akseleratsiya dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

#startap #xalqaro_hamkorlik

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162873

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5👏2
“TalabaExpo – 2026”: yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Farhod Boqiyev va “Oʻzmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildilar.

Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish va tadbirkorlik faoliyatiga koʻmaklashishga qaratilgan tashabbuslar haqida soʻz bordi. Xususan, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish va ularning biznes gʻoyalarini moliyalashtirish tizimi talabalarga batafsil tushuntirildi.

#TalabaExpo_2026 #RahbarYoshlar #OchiqMuloqot

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162896

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😁3👍2
Oʻzbekiston va Avstriya oʻrtasida mehmondoʻstlik va turizm menejmenti sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

2026-yil 7-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti (IMC Krems University of Applied Sciences) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Memorandum mehmondoʻstlik, turizm menejmenti, mehmonxona boshqaruvi va servis sohalari uchun xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim muassasalarining institutsional salohiyatini oshirish hamda kasbiy va oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/162922

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤1👏1