Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Andijon #sport_day

Yangi tashabbus: Andijonda “Bobur avlodlari ligasi” musobaqalariga start berildi

7-may kuni “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari tashabbusi bilan umumiy sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan “Bobur avlodlari ligasi” sport musobaqalariga tantanali start berildi.

Ochilish marosimda so‘z olgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari musobaqaning asosiy maqsadi, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida batafsil to‘xtalib, barcha ishtirokchilarga omad hamda yuksak muvaffaqiyatlar tiladilar.

OTM rektorlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazilgan mini futbol musobaqasi orqali turnirning voleybol, futbol hamda 3x3 basketbol kabi sport turlariga rasman start berildi.


Musobaqalar haftaning har chorshanba kuni oliygohning belgilangan sport inshootlarida tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://adu.uz/news/sport-tadbirlari/43

👉
На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏5🔥2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
 
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Jahon bankining Yevropa
va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi rahbari
Rita Almeyda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuv davomida ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning holati muhokama qilinib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

 
Rita Almeyda O‘zbekistonda amalgaoshirilgan loyihalarning natijаdorligiga yuqori baho berib, Jahon banki mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
 
Uchrashuv yakunida muhokama etilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar belgilandi va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍2👏1
#Talabalar_ligasi #Shaxmat

Talabalar ligasi: Shaxmat bo‘yicha Respublika final bosqichi o‘tkazildi


Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida Talabalar ligasi sport musobaqalarining shaxmat sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent shahri hamda hududlardan tashrif buyurgan jami 28 nafar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro bellashdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤10🤩1