Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qoraqalpoq #Orolturizmi #Konferensiya #Turizm #TDIU

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasi hamda “Orol tubiga eko-ta’lim sayohatlari” xalqaro haftaligida faol ishtirok etishdi.

Dastur davomida tarixiy obidalarga sayohatlar, ekologik aksiyalar, “10000 qadam” piyoda yurish aksiyasi, “Daraxt ekish” tashabbusi, sport musobaqalari, yoshlar yugurish marafoni, “Tabiat va yoshlar” rasmlar tanlovi hamda open-air konsert dasturlari tashkil etildi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

 Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤19👍2🎉1
Oʻz tarixini anglagan yoshlar — kelajak bunyodkorlari

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy sayohatlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy merosimizga hurmat va qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Navbatdagi tashrif davomida Nukus davlat texnika universiteti talabalari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar noyob eksponatlar, qadimiy qoʻlyozmalar, boy ilmiy-maʼnaviy meros namunalarini koʻzdan kechirish barobarida, zamonaviy interaktiv texnologiyalar asosida yaratilgan ekspozitsiyalar haqida ham batafsil maʼlumot oldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🥰3
#xalqaro_hamkorlik

Urumchida Oʻzbekiston–Xitoy xalqaro inson resurslari sanoat parki boʻyicha kelishuv imzolandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom rayoniga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Urumchi shahridagi Yuqori texnologiyalar zonasi Inson resurslari sanoat parkida qator muhim uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Xususan, High-Tech Talent Building majmuasida Xitoyning Urumqi shahri Yuqori texnologiyalar zonasi Inson resurslari sanoat parki rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi oʻrtasida hamkorlikni kengaytirishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida muhandislik taʼlimini rivojlantirish, ilmiy-texnik loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion ekotizimni mustahkamlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro toifadagi muhandislik sertifikatlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning oʻzaro stajirovka dasturlarida ishtirokini kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar hamda akademik seminarlarni tizimli tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunlariga koʻra tomonlar “Oʻzbekiston—Xitoy xalqaro inson resurslari xizmatlari sanoat parkini birgalikda tashkil etish toʻgʻrisida”gi bitimni rasman imzoladilar.

Mazkur kelishuv Xitoyning Shinjon hududi va Oʻzbekiston oʻrtasida transchegaraviy kadrlar xizmati, kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish, inson resurslarini tayyorlash hamda sanoat parklarini hamkorlikda boshqarish sohalarida amaliy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, xizmat safari doirasida “Oʻzbekiston—Xitoy kadrlar xizmati va ilmiy-texnik innovatsion rivojlanish xalqaro forumi”ni har yili muntazam oʻtkazish boʻyicha ham kelishuvga erishildi. Mazkur forum ikki davlat oʻrtasida ilmiy va innovatsion aloqalarni yanada chuqurlashtirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiluvchi muhim xalqaro maydon sifatida eʼtirof etildi.


Safar davomida delegatsiya aʼzolari Xitoyning zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, innovatsion platformalari hamda ilgʻor texnologik yechimlari bilan tanishib, ushbu tajribalarni Oʻzbekistonda joriy etish yuzasidan fikr almashdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍8😱2🔥1
#sukut_saqlama

Zo‘ravonlikka duch keldingizmi yoki huquqlaringiz buzildimi? Sukut saqlamang!


Mamlakatimizda inson qadri ustuvor! Har bir fuqaroning huquq va manfaatlari, erkinligi kafolatli himoya qilinadi. Bu tamoyil oliy ta’lim tizimida ham ustuvor hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida talabalar yoki o‘qituvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik, tazyiq yoki adolatsizlik holatlarida to‘g‘ri yo‘l tutish muhim.

Eslatib o‘tamiz, bunday vaziyatlarda quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

📞 102 | 1259 – Ichki ishlar vazirligi;
📞 1146 – Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

🌐 Telegram: @ihma107bot

Shuningdek, O‘zbekistonda gender zo‘ravonlikka qarshi nodavlat media loyihasiga ham murojaat qilishingiz mumkin:

👩🏻‍💼 Psixolog: @nemolchibot, ⚖️ Yurist: @nemolchilaw_bot.

Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi. Sizga zarur yordam ko‘rsatiladi:

➖ holatingiz o‘rganiladi;
➖ zarurat bo‘lsa, himoya choralari ko‘riladi;
➖ huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam taqdim etiladi;
➖ xavfsiz muhitga joylashtirish imkoniyati yaratiladi.

❗️Unutmang, sizning huquqlaringiz himoyada. Har qanday muammoga yechim bor.

Sukut saqlamang – murojaat qiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍3
#yangi_sahifa

O‘zbekcha Vikipediya uchun olti kunlik marafon o‘tkazildi

4–9-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da Yoshlar ishlari agentligining "WikiMarafon" loyihasi doirasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazrligi bilan hamkorlikda "WikiSfera" oromgohi tashkil etildi.

Unda Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 120 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, o‘zbek tilidagi Vikipediya bilan ishlash ko‘nikmalarini egalladi hamda platformaga ilk hissalarini qo‘shdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, oromgoh davomida o‘zbek tilidagi Vikipediya 60 mingdan ortiq tahrir bilan boyidi. Bu esa o‘zbek tilining global internet makonidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Ayni paytda "WikiMarafon" loyihasi natijasida o‘zbek tilidagi Vikipediyadagi maqolalar soni 340 mingdan oshib, u jahon vikireytingida 38-o‘rinni egallab turibdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍8🥰6🎉4🔥1