Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yangi_sahifa

O‘zbekcha Vikipediya uchun olti kunlik marafon o‘tkazildi

4–9-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da Yoshlar ishlari agentligining "WikiMarafon" loyihasi doirasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazrligi bilan hamkorlikda "WikiSfera" oromgohi tashkil etildi.

Unda Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 120 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, o‘zbek tilidagi Vikipediya bilan ishlash ko‘nikmalarini egalladi hamda platformaga ilk hissalarini qo‘shdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, oromgoh davomida o‘zbek tilidagi Vikipediya 60 mingdan ortiq tahrir bilan boyidi. Bu esa o‘zbek tilining global internet makonidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Ayni paytda "WikiMarafon" loyihasi natijasida o‘zbek tilidagi Vikipediyadagi maqolalar soni 340 mingdan oshib, u jahon vikireytingida 38-o‘rinni egallab turibdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍8🥰6🎉4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi


📣 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi oliy ma’lumoti bo‘lmagan, biroq mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga davlat OTMlariga kirish uchun tavsiyanoma berishni boshladi.

📑Nomzodlar uchun asosiy talablar:

♻️ o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish;
♻️ mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish staji;
♻️ bakalavr darajasiga ega bo‘lmaslik (faqat birinchi oliy ma’lumot uchun).

💬 Tavsiyanoma asosida davlat OTMlariga alohida 500 ta kvota ajratiladi va to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

📆 Arizalar 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

➡️ Tavsiyanoma 3 yil muddatga beriladi (faqat bir marta o‘qishga kirish uchun amal qiladi).

🔄 Eslatma, mazkur imtiyoz xorijiy, nodavlat va harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

📨 Arizalar my.gov.uz platformasi orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda qoldirilishi mumkin.

‼️ Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar kirish uchun test sinovlarida ishtirok etishlari shart.

👥 Tavsiyanoma egalari umumiy tartibda emas, balki ular uchun ajratilgan alohida 500 ta kvota doirasida o‘zaro kurashadi.

#qabul2026 #tavsiyanoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍3
#xalqaro_hamkorlik

Buxoro davlat universitetining 16 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi


Buxoro davlat universitetining bakalavriat va magistratura bosqichidagi 16 ta ta’lim dasturi Germaniyaning nufuzli ACQUIN xalqaro akkreditatsiya agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Universitetga rasmiy akkreditatsiya sertifikatlari topshirildi.

Akkreditatsiya natijalariga ko‘ra, ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqligi e’tirof etildi. Akkreditatsiya amal qilish muddati 2032-yil 30-sentabrgacha etib belgilandi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:
🔺 Matematika (bakalavriat, magistratura)
🔺 Amaliy matematika (bakalavriat, magistratura)
🔺 Fizika (bakalavriat, magistratura)
🔺 Kimyo (bakalavriat, magistratura)
🔺 Biologiya (bakalavriat, magistratura)
🔺 Yurisprudensiya (bakalavriat)
🔺 Iqtisodiyot (bakalavriat, magistratura)
🔺 Buxgalteriya hisobi (bakalavriat, magistratura)
🔺 Moliya va moliyaviy texnologiyalar (bakalavriat)


Batafsil

👉
На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤6
#Talabalar_olimpiadasi

Toshkent viloyati talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” 2-bosqichi o‘tkazildi

Bugun “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tashkil etildi.

Mazkur musobaqada Toshkent viloyatidan 8ta oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari tarkibida iqtidorli va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍6🤩1