Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Qoraqalpog‘istonlik talabalar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldilar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Innovatsion texnologiyalar universiteti talaba-yoshlari poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.


Ushbu mahobatli maskanda talabalar zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob qo‘lyozmalar hamda ajdodlarimizning islom dunyosi va ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

#Talabalar #MilliyQadriyatlar

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/165057

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax davlat pedagogika universitetida “TalabaExpo – 2026” kasblar ko‘rgazmasiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yoshlar bandligi, kasbiy yo‘nalish va yangi imkoniyatlarni o‘zida jam etgan yirik ko‘rgazma boshlanish arafasida.

#TalabaExpo2026 #Jizzax

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
Vazir qoraqalpogʻistonlik talabalar bilan muloqot qildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan qoraqalpogʻistonlik talaba-yoshlar uchun poytaxtimizning tarixiy va zamonaviy maskanlariga maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
 
Madaniy sayohatning ikkinchi qismi “Toshkent City” hududida davom etdi. U yerda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qoraqalpogʻistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida mamlakatimizda talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, taʼlim sifati va yoshlarning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar xususida atroflicha fikr almashildi.

#vazir #OchiqMuloqot
  
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/165156

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bank-moliya akademiyasiga qabul davom etmoqda!

🎓Siz yirik kompaniyalarda malakali moliyachi sifatida faoliyat yuritishni istaysizmi? Yoki bank, sug‘urta, investitsiyalar sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishni rejalashtiryapsizmi? Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2026 yil uchun jarayonlari davom etmoqda.

Master of Science (MSc) magistratura mutaxassisliklari:

✅ 70410502 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori;
✅ 70410301 – Soliqlar va soliqqa tortish;
✅ 70410501 – Moliya;
✅ 70410505 – Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish;
✅ 70410601 – Bank ishi;
✅ 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi;
✅ 70410508 - Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;
✅ 70410802 – Loyiha boshqaruvi.


Hujjatlar onlayn tarzda admission.bfa.uz platformasi orqali 2026-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqa muallifi, taniqli bastakor Oʻzbekiston xalq artisti Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida ijro etildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

Markaziy Osiyoda xotin-qizlar yetakchiligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


Joriy yilning 13-may kuni Buxoro shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ham ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/165298

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
👥 Diqqat, hurmatli tadbirkorlar! Oliy ta’lim tizimiga oid ochiq muloqotlarga chorlaymiz!

💬Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida sohada faoliyat yuritayotgan yoki hamkorlik qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

💬 Maqsadimiz: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimidagi dolzarb masalalar va muammolarni bevosita eshitish, savollarga ochiq javob berish hamda murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish.

📆 Qachon? Dushanbadan jumagacha (har kuni).
⏳ Vaqti: 15:00 dan 17:00 ga qadar
📌 Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.

💡 Sizlarni ushbu muloqotlarda faol ishtirok etishga, o‘zingizni qiynayotgan muammolar va yangi takliflarni ochiq bayon qilishga chaqiramiz.

#ochiq_muloqot #tadbirkorlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2