Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Talabalar_sporti

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: futbol bo‘yicha Jizzax viloyati hududiy bosqichi yakunlandi


Joriy yilning 11–13-may kunlari Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida futbol sport turi bo‘yicha Jizzax viloyati hududiy bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatdagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘zaro kuch sinashib, maydonda yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlarini namoyon etdilar.

Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz/1890

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5
#qabul2026

🇺🇿🇫🇷 O‘zbek–Fransuz universitetiga qabul boshlanadi!


🚪Zamonaviy bilim, xalqaro standartlar va Fransiya ta’lim tajribasini o‘zida birlashtirgan nufuzli universitetda tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🗒O‘zbek–Fransuz universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonini e’lon qiladi.

➡️Universitetda o‘quv jarayonlari Fransiyaning yetakchi oliygohlari dasturlari asosida tashkil etiladi. Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab Fransiyaning nufuzli Poitiers universiteti bilan hamkorlikda quyidagi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul ochiq deb e’lon qilinadi:

🎓 “Fransuz tilini chet tili va ikkinchi chet til sifatida o‘qitish didaktikasi”.

➡️Dasturning asosiy afzalliklari:

👥 Jami 25 nafar magistrant qabul qilinadi.

📨O‘quv mashg‘ulotlarining 75 foizi bevosita fransiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan oflayn tarzda, fransuz tilida olib boriladi.

📝Bitiruvchilarga Poitiers universitetining xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan hamda O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan diplomi beriladi.

📅 Hujjatlar qabuli:
2026-yil
15-iyun — 30-avgust.

❗O‘qishga qabul qilish shartlari va talab etiladigan hujjatlar BU YERDA👆

➡️Bakalavriat bitiruvchilari uchun ham yangilik!

✔️Universitetda Energetika sohasi mutaxassisligi uchun tayyorlov kursi ham tashkil etiladi.

📞 +998 99 044 52 51
🌐 ufuuz.uz
✉ E-mailcontact.ufu@gmail.com

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbek–Fransuz universiteti Prezidentning 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qarori bilan tashkil etilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤6😱3
#xalqaro_hamkorlik

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon olima ayollari forumi bo‘lib o‘tdi

13-may kuni Buxoro shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti doirasida “Ilm-fanda ayollar yetakchiligi: hozirgi zamon tahdidlari, innovatsion yechimlar va ilmiy hamkorlik” mavzusida xalqaro olima ayollar forumi bo‘lib oʻtdi.

Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonlik olimalar, parlament vakillari, ilmiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/165341

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤2
Prezident: Oliy taʼlimda xotin-qizlarning ulushi keskin oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Osiyo xotin-qizlarining ikkinchi forumi ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning taʼlim olishi, kasb egallashi va jamiyatda munosib oʻrin topishi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanganini taʼkidladi.

Prezident murojaatida oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida talaba-qizlar soni sezilarli darajada oshganiga ham urgʻu berildi.

“Oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida ayollar ulushi keskin ortgani, jumladan, magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning soni oxirgi besh yilda 11 karraga koʻpayganini islohotlarimizning muhim strategik natijasi deb bilamiz”, — dedi davlat rahbari.


Murojaatda xotin-qizlarning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish, ularning iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Shuningdek, Prezident tomonidan ishbilarmon ayollar uchun sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maxsus platforma tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🎉3
📣 Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilari diqqatiga!

❗Kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litsey pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinovlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.


♻️ Mazkur spetsifikatsiyalar bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglar:

✔️test topshiriqlari yo‘nalishi bilan tanishish,
✔️baholash mezonlarini o‘rganish,
✔️mavzular kesimida puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

📝Ushbu hujjatlar attestatsiya jarayoniga yanada aniq va ishonchli tayyorlanishda muhim manba vazifasini bajaradi.

📎Spetsifikatsiyalar bilan quyidagi havola orqali tanishing:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/162289

#attestatsiya #spetsifikatsiya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi!


Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lib o‘tgan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan intellektual bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, shohsupani quyidagi iqtidorli talabalar egalladi:

🥇 1-o‘rin: Uteshova Raxima Talg‘at qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Omonov Ahmadjon Zafar o‘g‘li — Buxoro davlat universiteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.

🎁 Go‘lib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🎓 Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!

G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🎉👏

#FanOlimpiadasi #Taqdirlash

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12❤6
📢📢📢📢📢

👧“Maʼrifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichi Namanganda o‘tkaziladi!

🇺🇿 Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Maʼrifat maydoni” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi final bosqichi 21–24-may kunlari Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.

➡️ Final bosqichida saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari ishtirok etadi:

🔹 Namangan davlat universiteti (mezbon)
🔹 O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi
🔹 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
🔹 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
🔹 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
🔹 Andijon davlat pedagogika instituti
🔹 Buxoro davlat universiteti

🏆 G‘oliblar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m, 4-o‘rin 10 million so‘m, 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

◀️Tanlovning final bosqichi Namangan viloyati Musiqali drama teatrida hamda yakuniy taqdirlash marosimi Yoshlar markazida o‘tkaziladi.


🌹 Shuningdek, barcha jamoalar Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivalida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📢 Barcha ishtirokchilarga final bosqichida omad, ilhom va munosib g‘alabalar tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥1
🟥🟥🟥

🗣“Munozara” respublika turnirining respublika bosqichi Namanganda o‘tkaziladi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Munozara” turnirining 2026-yilgi mavsumi respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

🏆Turnirning respublika bosqichida joylarda o‘tkazilgan hududiy bosqichlarda go‘lib bo‘lgan quyidagi 18 ta jamoa ishtirok etadi:

➡️Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi
➡️Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi
➡️O‘zbekiston milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi
➡️Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi
➡️Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi
➡️Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi
➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi
➡️Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi
➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi
➡️Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi
➡️Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasi
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi
➡️Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi
➡️Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi
➡️Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi
➡️Fargʻona davlat universitetining “Everest” jamoasi
➡️Toshkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi
➡️Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi


➡️Respublika bosqichi uchun tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

🏆 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 30 million so‘m;
↪️2-o‘rin – 20 million so‘m;
↪️3-o‘rin – 15 million so‘m.

⏺Shuningdek, hakamlar xulosasiga ko‘ra, 3 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari ham aniqlanadi va Yoshlar ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Mirzaliyev Sanjar Mahamadjon o‘g‘li Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Sanjar Mirzaliyev 1990-yil Andijon viloyatida tugʻilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. Shuningdek, Erbana-Shempeyn Illinoys universitetida (UIUC, AQSH) magistratura bosqichida tahsil olgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, “Oʼzagrotexsanoatholding” hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍47❤15🎉6🤔4