❗ Kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litsey pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinovlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
https://gov.uz/oz/edu/news/view/162289
#attestatsiya #spetsifikatsiya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lib o‘tgan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan intellektual bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, shohsupani quyidagi iqtidorli talabalar egalladi:
🥇 1-o‘rin: Uteshova Raxima Talg‘at qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Omonov Ahmadjon Zafar o‘g‘li — Buxoro davlat universiteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.
🎓 Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!
G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🎉👏
#FanOlimpiadasi #Taqdirlash
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12❤6
🏆 G‘oliblar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m, 4-o‘rin 10 million so‘m, 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.◀️ Tanlovning final bosqichi Namangan viloyati Musiqali drama teatrida hamda yakuniy taqdirlash marosimi Yoshlar markazida o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥1
➡️ Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi➡️ Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi➡️ O‘zbekiston milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi➡️ Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi➡️ Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi➡️ Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi➡️ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi➡️ Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi➡️ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi➡️ Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi➡️ Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasi➡️ Toshkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi➡️ Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi➡️ Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi➡️ Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi➡️ Fargʻona davlat universitetining “Everest” jamoasi➡️ Toshkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi➡️ Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Mirzaliyev Sanjar Mahamadjon o‘g‘li Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi.
Sanjar Mirzaliyev 1990-yil Andijon viloyatida tugʻilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. Shuningdek, Erbana-Shempeyn Illinoys universitetida (UIUC, AQSH) magistratura bosqichida tahsil olgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, “Oʼzagrotexsanoatholding” hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

👍47❤15🎉6🤔4
#yoshlar_uchrashuv
“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/165611
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14-may kuni “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” doirasida Energetika vazirligi tizim korxonalari hamda oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

👍10❤6🔥1