#yoshlar_uchrashuvi #Yoshlar_kuni
Yoshlar bilan muloqot — kelajakka ishonch va yangi gʻoyalar maydoni
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida “Rahbar va yoshlar kuni” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda universitet rektori Bahodir Mirzayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/165655
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Uchrashuvda yurtimiz oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim sifati va ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion muhitni rivojlantirish hamda zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari xususida atroflicha fikr almashildi. Muloqot davomida talabalarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillarni puxta oʻrganish, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish, ilmiy faollikni oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash kabi dolzarb yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/165655
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍16❤9👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#millatlararo_totuvlik #insoniy_qadriyatlar
Doʻstlik va bagʻrikenglik tarannum etildi
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan “Olamning jannati – Oʻzbekistonim” bayram kechasi turli millat vakillarini doʻstlik, mehr-oqibat va Vatanga muhabbat gʻoyasi atrofida birlashtirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

1👏25❤14🎉6😱3👍1
Ilm va maʼrifat uygʻunlashgan ibratli oila
15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktorining oʻrinbosari Muzaffar Esanov hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri Faroxat Mirzayeva oilasi “Ibratli oila” deya eʼtirof etildi.
Tadbir doirasida ularga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni, mazkur eʼtirof bilan taqdirlangan oilalar xonadonlariga oʻrnatiladigan maxsus belgi tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur eʼtirof oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni maʼnaviy yetuk va barkamol etib tarbiyalash yoʻlida namuna boʻlib kelayotgan oilalarga bildirilgan yuksak ehtirom ifodasi boʻldi.

4👍25❤19👏5
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha
💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
🔗 Qaror bilan Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.
♻️ Ushbu nizomga ko‘ra:
🔼 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.
❔ Mazkur imtiyozdan kimlar foydalanoladi?
➖ asosiy faoliyati pedagogik faoliyat bo‘lgan ota yoki onaning talaba farzandi;
➖ faqat davlat oliygohida o‘qiyotgan talabalar;
➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar;
➖ faqat bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar.
❗️ Magistratura, qo‘shma ta’lim dasturlari va super-kontraktda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyoz ko‘zda tutilmagan.
🔄 Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.
📁 Talabalar o‘zlari rektor (filial direktori) nomiga to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanilishi yuzasidan kontrakt.edu.uz orqali ariza yuboradilar.
➡️ Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.
➡️ Shuningdek, talabalarga 30 foiz miqdorda beriladigan chegirmani Davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar rektor (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
✅ 30 foiz miqdorda beriladigan chegirma summasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) qiymatiga 30 foiz ekvivalent hisobida qoplanadi.
💳 Talabaning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
💬 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berilishiga doir qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi
➖ asosiy faoliyati pedagogik faoliyat bo‘lgan ota yoki onaning talaba farzandi;
➖ faqat davlat oliygohida o‘qiyotgan talabalar;
➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar;
➖ faqat bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤8
✴️ Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkiston shahrining tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi.
Oliy martabali mehmonlar Markaziy Osiyodagi islom meʼmorchiligining yorqin yodgorliklaridan biri, Qozogʻistonning bosh maʼnaviy markazi boʻlgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildilar.
XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi. Uning qurilishi 1389-1391-yillarda boshlanib, XIV asr oxiriga qadar davom etgan. Majmuani bunyod etishda Movarounnahr ustalari, shuningdek, boshqa hududlardan kelgan meʼmor va naqqoshlar qatnashgan.

❤12
Barkamol avlod–2026: Gandbol musobaqalarining so‘nggi final bahslari o‘tkazildi
Toshkent shahrida 11–15-may kunlari “Barkamol avlod–2026” sport musobaqalarining respublika final bosqichi doirasida gandbol bo‘yicha so‘nggi bahslar yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
#BarkamolAvlod2026 #Gandbol #FinalBosqich
Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz/1909
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent shahrida 11–15-may kunlari “Barkamol avlod–2026” sport musobaqalarining respublika final bosqichi doirasida gandbol bo‘yicha so‘nggi bahslar yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 Toshkent shahri jamoasi;
🥈 Andijon viloyati jamoasi;
🥉 Xorazm viloyati jamoasi.
Qiz bolalar o‘rtasida:
🥇 Jizzax viloyati jamoasi;
🥈 Toshkent shahri jamoasi;
🥉 Andijon viloyati jamoasi.

❤7👍1